Yuvenologiya – yoshlarning rivojlanishi, tarixi, madaniyati, psixologiyasi va siyosatini oʻrganishga qaratilgan akademik fan hisoblanadi. Bu soha nafaqat yoshlarning oʻziga xos madaniyatini, balki jamiyatdagi oʻrni, munosabatlari va mas’uliyatlarini ham oʻrganadi. Ushbu fan din, adabiyot, tarix, sotsiologiya olimlari tomonidan oʻrganiladi. Yoshlar bilan bogʻliq tadqiqotlar, asosan, ularning hayotida uchraydigan voqealar va jamiyatdagi oʻzgarishlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. „Yuvenologiya“ tushunchasi har xil madaniyatlarda turlicha talqin qilinadi. Hozirgi kun olimlari esa yoshlarning hayoti neoberalizm va glaballashuvdan qanday taʼsir olayotganini avvalgi davr bilan solishtirib oʻrganmoqdalar. Manbalar
Turkum:Ijtimoiy fanlar Turkum:Fan