And Heʼd Say, „Oo-La-La! Wee-Wee!“ – Birinchi jahon urushi davriga oid qoʻshiq boʻlib, 1919-yilda eʼlon qilinganVogel (1995) p. 154 World War I Songs: A History and Dictionary of Popular American Patriotic Tunes, with Over 300 Complete Lyrics (McFarland & Company, Inc.). Qoʻshiq matni va musiqasi George Jessel hamda Harry Ruby tomonidan yozilgan. Qoʻshiqni orkestrlash (aranjirovka) ishlarini William Baker bajargan. Asar Waterson, Berlin & Snyder, Inc. New York, New York tomonidan nashr etilgan va vokal hamda fortepiano uchun moʻljallangan.

Qoʻshiq notalarining ikki xil muqova varianti mavjud. Dastlabki dizayn Albert Wilfred Barbelle tomonidan chizilgan boʻlib, unda bir askar soyabon tutgan ayol bilan suhbatlashayotgani tasvirlangan. Keyingi nashr dizayni Weatherly tomonidan yaratilgan boʻlib, unda bir erkak va ayol arkali eshik ostida suhbatlashayotgan koʻrinishda tasvirlangan.

1919-yil 12-avgust kuni qoʻshiq Billy Murray tomonidan ijro etilgan, dirijyor Rosario Bourdon boshchiligida yozib olingan va Victor yozuv markasi ostida chiqarilgan. Qoʻshiq 1919-yil oktyabrdan 1920-yil yanvargacha eng mashhur 20 ta qoʻshiqlar roʻyxatiga kirgan.

Qoʻshiqka oid nota nusxalari Pritzker Military Museum & Library fondida saqlanadi.

Matni

Manbalar

Adabiyotlar Paas, John Roger (2014). America Sings of War: American Sheet Music from World War I. Wiesbaden: Harrassowitz Verlag. ISBN 9783447102780. Parker, Bernard S. (2007). World War I Sheet Music. Vol. 1. Jefferson: McFarland & Company, Inc. ISBN 978-0-7864-2798-7. Vogel, Frederick G. World War I Songs: A History and Dictionary of Popular American Patriotic Tunes, with Over 300 Complete Lyrics. Jefferson: McFarland & Company, Inc., 1995. ISBN 0-89950-952-5 Turkum:Birinchi jahon urushi qo‘shiqlari