Mikaela Jenkins (2003-yil 11-martda tugʻilgan) – amerikalik sobiq para suzuvchi, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida AQSh terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Karyerasi Jenkins xalqaro maydondagi debyutini 2019-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida amalga oshirgan va u yerda ayollar oʻrtasida S10 toifada 100 metrga batterflay usulida suzish bahslarida oltin medalni, shuningdek, ayollar oʻrtasida 34 ochko toifasida 4×100 metrga erkin usulda estafeta suzish yoʻnalishida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Jenkins 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida S10 toifasida 100 metrga batterflay usulida suzish musobaqasida AQSh sharafini himoya qilgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u ayollar oʻrtasidagi 34 ochko toifasida 4×100 metrga aralash estafeta musobaqasida ham ishtirok etib, yana bir oltin medalga ega chiqqan.

2022-yil 14-aprel kuni Jenkins AQSh terma jamoasi tarkibida 2022-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchilar roʻyxatga kiritilgan. 2023-yil 29-aprel kuni esa u yana bir bor AQSh terma jamoasi tarkibiga kiritilib, 2023-yilgi para suzish boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etgan.

2024-yil 29-aprelda Jenkins para suzish boʻyicha sport faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. U asosiy eʼtiborini kollejdagi soʻnggi oʻquv yiliga va sportdan tashqari boshqa faoliyatiga eʼtibor qaratmoqchi ekanini bildirdi. Jenkins Grove City kollejida molekulyar biologiya yoʻnalishi boʻyicha tahsil oladi, shuningdek, kimyo fanidan qoʻshimcha yoʻnalishda oʻqiydi.

Shaxsiy hayoti Jenkins tugʻma proksimal femoral fokal yetishmovchiligi (yaʼni son suyagining yuqori qismida rivojlanish nuqsoni) kasalligi bilan dunyoga kelgan va sakkiz oyligida chap oyogʻi syme usulida amputatsiya qilingan, yaʼni chap oyogʻining pastki qismi kesib tashlangan, lekin oyoqning tovon qismi (yoki boʻgʻimning muhim qismlari) imkon qadar saqlab qolingan. Bu usul maxsus protez kiyish va yurish imkoniyatini yaxshiroq taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.

Manbalar

Turkum:21-asr amerikalik sportchi ayollar Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2003-yilda tugʻilganlar