Monarxizm – monarxiya yoki monarxik boshqaruv tizimini himoya qilish va targʻib etishdirWebster’s Encyclopedic Unabridged Dictionary of the English Language, 1989 edition, p. 924.. Monarxist – bu muayyan monarxdan qatʼi nazar, ushbu boshqaruv shaklini qoʻllab-quvvatlovchi shaxsdir. Aksincha, maʼlum bir monarxni qoʻllab-quvvatlovchi shaxs royalist hisoblanadi. Monarxiya boshqaruviga qarshi turish esa respublikachilik deb ataladi.
Mamlakatga qarab, royalist taxtda oʻtirgan shaxsni, noibni, taxt daʼvogarini yoki taxtni egallashi mumkin boʻlgan, ammo taxtdan tushirilgan shaxsning hukmronligini yoqlab chiqishi mumkin. Tarixi Monarxiya boshqaruvi eng qadimgi siyosiy institutlardan biridir. Boshliqlik yoki qabilaviy boshqaruv deb nomlanuvchi jamiyat ierarxiyasining shunga oʻxshash shakli ibdidoiy jamoa davridir. Qabilalar Mesopotamiya, Qadimgi Misr va Hind vodiysi sivilizatsiyasi kabi sivilizatsiyalardan boshlangan davlat shakllanishi konsepsiyasini oʻzida aks ettirgan. Dunyoning baʼzi qismlarida qabilalar monarxiyalarga aylangan.
Monarxlar oʻz hokimiyatlarini asosan zamonaviy davrda qoʻldan boy berishgan, ayniqsa Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridan soʻng ularning mavqei sezilarli darajada pasaygan. Bu jarayonning ildizlari XVIII asrga borib taqaladi. Oʻsha paytda Volter va boshqa mutafakkirlar „maʼrifatli mutlaqiyat“ gʻoyasini ilgari surishgan. Bu gʻoya Muqaddas Rim imperatori Iosif II va Rossiya imperatoritsasi Yekaterina II tomonidan qabul qilingan edi.
XVII-XVIII asrlarda Maʼrifatchilik boshlandi. Natijada monarxiyaga qarshi yangi gʻoyalar paydo boʻladi, bu esa XVIII asrdagi Amerika va Fransiya inqiloblari kabi bir qancha inqiloblarga olib keladi, bu ikkalasi ham Yevropa monarxiyalari hokimiyatini zaiflashtirishda qoʻshimcha qadamlar edi. Ularning har biri oʻziga xos tarzda Jan-Jak Russo tomonidan qoʻllab-quvvatlangan xalq suvereniteti konsepsiyasini namoyish etdi. 1848-yil kontinental Yevropa monarxiyalariga qarshi inqiloblar toʻlqinini boshlab berdi. Birinchi jahon urushi va oqibatlari natijasida Yevropaning uchta yirik monarxiyasi: rus Romanovlar sulolasi, nemis Gogensollernlar sulolasi, shu jumladan boshqa barcha nemis monarxiyalari va Avstriya-Vengriyadagi Gabsburglar sulolasi barham topdi.
1947-yil oxiriga kelib Sharqiy Yevropaga kommunizmning yoyilishi bilan Sharqiy Yevropaning qolgan monarxiyalari, yaʼni Ruminiya, Vengriya, Albaniya, Bolgariya va Yugoslaviya Qirolliklari barham topdi va ularning oʻrniga sotsialistik respublikalar tashkil topdi.
Hozirgi monarxiyalar
Hozirgi monarxiyalarning aksariyati konstitutsiyaviy monarxiyalardir. Konstitutsiyaviy monarxiyada monarxning hokimiyati yozma yoki yozilmagan konstitutsiya bilan cheklanadi. Buni monarx faqat ramziy vakolatga ega boʻlib, hukumat yoki siyosatda deyarli ishtirok etmaydigan yoki umuman qatnashmaydigan marosimiy monarxiya bilan adashtirmaslik lozim. Baʼzi konstitutsiyaviy monarxiyalarda monarx boshqalarga qaraganda siyosiy ishlarda faolroq rol oʻynaydi. Masalan, Tailandda 1946-yildan 2016-yilgacha hukmronlik qilgan qirol Bhumibol Adulyadej mamlakatning siyosiy kun tartibida va turli harbiy toʻntarishlarda muhim rol oʻynagan. Xuddi shunday, Marokashda qirol Muhammad VI ning oʻrni katta, ammo mutlaq hokimiyatga ega emas.
Lixtenshteyn demokratik knyazlik boʻlib, uning fuqarolari soʻnggi yillarda oʻz ixtiyori bilan monarxga koʻproq hokimiyat bergan.
Mutlaq monarxiya tizimi saqlanib qolgan bir nechta mamlakatlar hali ham mavjud. Ushbu mamlakatlarning aksariyati Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Ummon va Birlashgan Arab Amirliklari kabi neft qazib oluvchi arab islom monarxiyalaridir. Boshqa kuchli monarxiyalar qatoriga Bruney va Esvatini kiradi. Davlat SuverenHamshahzoda Emmanuel MacronHamshahzoda Joan Enric Vives i SicíliaQirol Charles IIIQirol Hamad ibn IsoQirol PhilippeQirol Jigme Khesar NamgyelSulton Hassanal BolkiahQirol Norodom SihamoniQirol Frederik XQirolMswati IIIImperator NaruhitoQirol Abdulloh IIAmir Mishal Al-AhmadQirol Letsie IIIShahzoda Hans-Adam IIBuyuk Knyaz HenriSulton IbrohimSuveren Shahzoda Albert IIQirol Muhammad VIQirol Willem-AlexanderQirol Harald VSulton Haysam ibn ToriqTamim ibn Hamad al TaniyQirol SalmonQirol Felipe VIQirol Carl XVI GustafQirol VajiralongkornQirol Tupou VIShayx Muhammad ibn Zayd Al NahayonLeo XIV
Monarxiyani yoqlash Hozirgi monarxiyalar
Davlat Saylov byurosi/manba Namuna hajmi Qoʻllab-quvvatlovchilar foizi Oʻtkazilgan sana Manba Lord Ashcroft Polls 510 45% 2023-yil fevral va mart Essential 1,125 48% 2023-yil aprel IVOX 1,000 58% 2017-yil sentabr Nanos Research 1,001 48% 2022-yil iyun Gallup 86% 2014 Lord Ashcroft Polls 510 40% 2023-yil fevral va mart Mainichi Shimbun 74% 2019-yil aprel Afrobarometer 75% 2018-yil iyun Le Monde 1,108 91% 2009-yil mart EenVandaag 56% 2024-yil aprel Lord Ashcroft Polls 2,012 44% 2023-yil fevral va mart Nettavisen 20,000 85% 2022 Hukumat konstitutsiyaviy referendumi 52,262 56.3% 2009-yil noyabr Ispaniya 65.7% 2024-yil yanvar Novus 73% 2023-yil yanvar Suan Dusit Rajabhat University 5,700 75% 2020-yil oktyabr Hukumat konstitutsiyaviy referendumi 1,939 64.9% 2008-yil aprel Ipsos 2,166 81% 2024-yil may Avvalgi monarxiyalar Davlat Talabgor yoki eng oxirgi qirollik uyi Saylov byurosi/manba Namuna hajmi Qoʻllab-quvvatlovchilar foizi Oʻtkazilgan sana Manba Habsburg-Lotaringiya xonadoni 20% Windsor xonadoni West Indies universiteti 500 12% 2021-yil noyabr Orlean-Bragansa xonadoni Círculo Monárquico Brasileiro 188 32% 2019-yil sentabr Habsburg-Lotaringiya xonadoni Consilium Regium Croaticum 1,759 41% 2019 Habsburg-Lotaringiya xonadoni MEDIAN.EU 1,015 10% 2021-yil avgust Bourbon xonadoni / Orlean xonadoni / Bonapart xonadoni Le Figaro ~1,000 44% 2022-yil sentabr Bagrationi Doctrina 560 30% 2015-yil iyul Gohensollern xonadoni IamExpat 1,041 14% 2023 Gliksburg xonadoni Tatler — 31.2% 2023-yil aprel Habsburg-Lotaringiya xonadoni Azonnali 3,541 46% 2021-yil may Pahlaviylar Empirical Research and Forecasting Institute 2,639 60.4% 2023-yil fevral Savoy xonadoni Piepoli institute — 15% 2018 Sanusiylar Cambridge MENAF <200–300 50–55% 2022-yil fevral Urax xonadoni Delfi 1,104 8.3% 2006-yil noyabr Iturbide xonadoni / Habsburg-Lotaringiya xonadoni Parametría — 7.6% 2014-yil iyul Gorkha (Shohlar sulolasi) Interdisciplinary Analysts 3,000 49% 2008-yil yanvar Vettin xonadoni wPolityce.pl 1,067 14% 2021-yil aprel Bragansa-Koburg xonadoni Marktest Group ~1,000 19.7% 2010-yil sentabr Ruminiya qirollik oilasi Cotidianul — 35.4% 2023-yil dekabr Golshtin-Gottorp-Romanovlar xonadoni Rossiya jamoatchilik fikri markazi ~1,800 28% 2017-yil mart Karadjordjević xonadoni Blic 1,615 49.8% 2015-yil iyul I xonadoni Naver News 1,000 40.4% 2010 Usmonlilar sulolasi MetroPOLL 1,691 3% 2023-yil oktyabr Brunsvik-Lyuneburg xonadoni YouGov 1,500 12% 2023-yil may Taniqli monarxistlar
Quyida monarxiyani targʻib qilgan yoki monarxist boʻlgan bir qancha taniqli jamoat arboblari keltirilgan:
Sanʼat va koʻngilochar soha
Honoré de Balzac, fransuz romannavisi va dramaturg Fyodor Dostoyevskiy, rus romannavisi va essechi Pedro Muñoz Seca, ispan dramaturgi George MacDonald, britan ilohiyotchisi va yozuvchi C. S. Lewis, britan ilohiyotchisi va yozuvchi J. R. R. Tolkien, britan yozuvchisi T. S. Eliot, amerikalik-britan shoiri va yozuvchi Salvador Dalí, ispan rassomi Hergé, belgiya komikschi rassomi Éric Rohmer, fransuz kinorejissyori Yukio Mishima, yapon yozuvchisi Joan Collins, ingliz aktrisasi va yozuvchi Stephen Fry, ingliz aktyori va yozuvchi
Ruhoniylar
Thomas Aquinas, italiyalik katolik ruhoniy va ilohiyotchiAquinas, Thomas. De Regno, to the King of Cyprus Robert Bellarmine, italiyalik kardinal va ilohiyotchisi Jacques-Bénigne Bossuet, fransuz episkopi va ilohiyotchisiBossuet, Jacques-Bénigne. Politics Drawn from the Very Words of Holy Scripture Jules Mazarin, italiyalik kardinal va vazir André-Hercule de Fleury, fransuz kardinali va vaziri Pius VI, italiyalik papa va Papa viloyati hukmdoriPius VI, Pourquoi Notre Voix Fabrizio Ruffo, italiyalik kardinal va gʻaznachi Ercole Consalvi, italiyalik davlat kotibi-kardinal Pelagio Antonio de Labastida y Dávalos, meksikalik arxiyepiskop va Ikkinchi Meksika Imperiyasi regenti Louis Gaston Adrien de Ségur, fransuz episkopi va yozuvchi Louis Billot, fransuz ruhoniysi va ilohiyotchisi Pius XII, italiyalik papa va Vatikan shahri hukmdori József Mindszenty, vengriyalik kardinal va prins-primas
Falsafa
Dante Alighieri, italiyalik shoir va faylasufAlighieri, Dante. De Monarchia Jean Bodin, fransuz siyosiy faylasufi Robert Filmer, ingliz siyosiy nazariyotchisi Thomas Hobbes, ingliz faylasufi Joseph de Maistre, Savoyalik faylasuf va yozuvchiBeum, Robert (1997). „Ultra-Royalism Revisited“, Modern Age, Vol. 39, No. 3, p. 305. Juan Donoso Cortés, ispan siyosatchisi va siyosiy ilohiyotchi Søren Kierkegaard, daniyalik faylasuf va ilohiyotchi Charles Maurras, fransuz yozuvchisi va faylasuf Kang Youwei, xitoy siyosiy mutafakkiri va islohchi Ralph Adams Cram, amerikalik meʼmor va yozuvchi Erik von Kuehnelt-Leddihn, avstriyalik siyosatshunos va faylasuf Vernon Bogdanor, britan siyosatshunosi va tarixchi Roger Scruton, ingliz faylasufi va yozuvchi Hans Hermann-Hoppe, nemis-amerikalik siyosiy nazariyotchi Charles A. Coulombe, amerikalik tarixchi va yozuvchi
Siyosat
François-René de Chateaubriand, fransuz tarixchi va elchiChateubriand. Of Buonaparte, and the Bourbons, and of the Necessity of Rallying Round Our Legitimate Princes Manuel Belgrano, argentinalik siyosatchi Klemens von Metternich, avstriyalik kansler Miguel Miramón, meksikalik prezident va harbiy general Otto von Bismarck, nemis kansleri Juan Vázquez de Mella, ispan siyosatchisi va siyosiy nazariyotchisi Panagis Tsaldaris, yunon bosh vaziri Winston Churchill, britan Birlashgan Qirollik bosh vaziri Călin Popescu-Tăriceanu, rumin bosh vaziri Salome Zurabishvili, gruzin prezidenti Tony Abbott, avstraliyalik bosh vaziri Carla Zambelli, braziliyalik siyosatchi
Izoh
Manbalar
Turkum:Siyosiy mafkuralar