Yonaguni aeroporti (; ) — Yaponiyaning Okinava prefekturasiga qarashli Yonaguni orolida, Yaeyama tumanida joylashgan uchinchi toifadagi aeroport hisoblanadi.
Tarixi
Aeroport 1943-yilda harbiy maqsadlarda foydalanish uchun ochilgan. 1957-yildan boshlab fuqarolik aviatsiyasi uchun foydalanila boshlandi. 2007-yilda xalqaro qatnovlar yo‘lga qo‘yildi — bu yilda Taypey (Tayvan) shahriga charter reyslar Uni Air tomonidan amalga oshirildi. 2008-yilda esa yana bir xalqaro qatnov Tayvanning Hualyen shahriga TransAsia Airways tomonidan yo‘lga qo‘yildi.
Manbalar
Havolalar Yonaguni Airport Yonaguni Airport Guide from Japan Airlines
Turkum:Okinavadagi aeroportlar