Seçiliya Kethlen Jeronimo de Araujo (tugʻilgan sanasi 13-oktyabr 1998-yil) – braziliyalik paralimpiya suzuvchisi. Xalqaro miqyosdagi musobaqalarda Braziliya sharafini himoya qiladi. U Braziliya terma jamoasi safida 2016 va 2020-yilgi yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.
Faoliyati Jeronimo de Araujo Braziliya uchun xalqaro miqyosdagi debyutini 2015-yilgi Parapanamerika oʻyinlarida amalga oshirgan. U 2019-yilgi Parapanamerika oʻyinlarida toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritgan holda jami yetti medalga sazovor boʻlgan.
U 2017-yilgi Jahon para suzish chempionatida ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish S8 musobaqasida oltin medalni va 100 metrga erkin usulda suzish S8 musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2019-yilgi Jahon para suzish chempionatida ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish S8 musobaqasida kumush medalga sazovor boʻlgan.
U Braziliya terma jamoasi safida 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Toʻrt yildan keyin 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish S8 musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Natal (Rio-Grandi-du-Norti) sportchilari Turkum:Braziliyalik ayollar suzuvchilari Turkum:Braziliya paralimpiya suzuvchilari Turkum:2023-yilgi Parapanamerika oʻyinlari suzuvchilari Turkum:2019-yilgi Parapanamerika oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2023-yilgi Parapanamerika oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Jahon para suzish chempionatlari medal sovrindorlari Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari suzuvchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari suzuvchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari suzuvchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Paralimpiada suzish medal sovrindorlari Turkum:S8 toifasidagi para suzuvchilar Turkum:21-asr Braziliya sportchilari