Jamie Jermaine Bynoe-Gittens (2004-yil 8-avgustda tugʻilgan), Jamie Gittens nomi bilan ham tanilgan angliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining „Chelsea“ klubi qanot hujumchisi.

Klublardagi karyerasi Yoshlik yillari Berkshire grafligidagi Reading shahrida tugʻilgan Gittens besh yoshida mahalliy „Caversham Trents“ jamoasida futbolchilik faoliyatini boshlagan va yetti yoshigacha shu yerda toʻp surgan. Shundan soʻng u Reading akademiyasiga qoʻshilgan va bir muddat „Chelsea“ safida ham oʻynagan. 9 yoshgacha boʻlganlar darajasida Gittens Reading bilan qolishni tanladi va 14 yoshiga qadar shu klubda faoliyat yuritdi. Keyinchalik u „Manchester City“ bilan shartnoma imzoladi.

Borussia Dortmund Ikki yilni „Manchester City“ akademiyasida oʻtkazgan Gittens 2020-yilda Germaniyaga koʻchib oʻtib, „Borussia Dortmund“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Uning Dortmunddagi faoliyati nafaqat COVID-19 pandemiyasi, shuningdek paylaridagi jarohatlari sabab ham biroz qiyinlashdi. Biroq 2021–2022-yilgi mavsum Gittens uchun ancha muvaffaqiyatli kechdi: u UEFA Youth League doirasida toʻrt oʻyinda oltita gol urib, shu jumladan „Manchester United“ga darvozasini ham ikki marotaba ishgʻol qildi va natijada Marco Rose bosh murabbiyligidagi asosiy jamoa tarkibiga chaqirildi.

Gittens oʻzining Bundesliga doirasidagi debyutini 2022-yil 16-aprelda, „VfL Wolfsburg“ ustidan 6:1 hisobida qozonilgan gʻalabada amalga oshirdi. 2022-yil 12-avgustda esa Bundesliga doirasidagi ilk golini kiritdi va safarda kechgan „SC Freiburg“ga qarshi oʻyinda 3:1 hisobidagi gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi. 16-avgust kuni Gittens jamoa bilan 2025-yil iyungacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi. 2023-yil 15-fevralda u UEFA Chempionlar Ligasi doirasida debyutini oʻtkazdi, nimchorak finalning birinchi oʻyinida „Chelsea“ga qarshi bahsning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi va jamoasi yakunda 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

2023-yil 28-noyabrda Gittens „Milan“ ga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan bahsda oʻzining Chempionlar Ligasidagi ilk gol hamda golli uzatmasini amalga oshirdi va bu orqali „Borussia Dortmund“ni pley-off bosqichiga olib chiqdi. Dortmund keyinchalik 2024-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib bordi va Gittens „Wembley“ stadionida boʻlib oʻtgan hal qiluvchi uchrashuvda 87-daqiqada vatandoshi Jadon Sanchoning oʻrniga maydonga tushirildi. Dastlabki ikki mavsumda jarohatlar bilan qiynalganiga qaramay, 2023–2024-yilgi mavsum Gittens uchun Dortmunddagi birinchi jarohatsiz mavsum boʻldi. Futbolchi Bundesliga doirasida 25 ta oʻyinda maydonga tushdi.

2024-yil avgust oyida „Borussia Dortmund“ Gittens bundan buyon „Bynoe-Gittens“ emas, balki „Gittens“ familiyasi ostida oʻynashini eʼlon qildi. Futbolchining oʻzi bu qarorni otasining tavsiyasi bilan qabul qilganini, chunki familiyaning qisqaroq shakli qulayroq ekanini taʼkidladi. Aslida esa ismning ikkala qismi ham otasidan olingan edi.

2024–2025-yilgi Bundesliga mavsumining ilk turida, yangi bosh murabbiy Nuri Şahinning birinchi ligadagi oʻyinida, Gittens zaxiradan maydonga tushib, ikki gol urdi va jamoasiga „Eintracht Frankfurt“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ilk uchrashuvida ham u zaxiradan oʻyinga qoʻshilib, yana ikki bor gol muallifiga aylandi va safarda „Brugge“ga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlagna uchrashuvda „Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi.

Chelsea Gittens 2025-yil 5-iyulda Premyer-liganing „Chelsea“ bilan yetti yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 48,5 million funt sterlingni tashkil etdi, qoʻshimcha bonuslar 3,5 million funt etib belgilangandi. Biroq u 2025-yilgi FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida yangi jamoa safida ishtirok eta olmadi. Bunga 3-iyuldagi roʻyxatga olish muddati oʻtib jamoa safiga qoʻshilgani hamda avvalgi klubi „Borussia Dortmund“ safida allaqachon mazkur turnirda maydonga tushgani sabab boʻldi.

Shaxsiy hayoti Gittens Barbadoslik kriketchi Michael Bynoe-Gittensning oʻgʻli hisoblanadi. U Britaniya va Barbados fuqaroligiga ega.

Statistikasi

+ KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarLiga kubogiMintaqaviyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBorussia Dortmund2021–2022Bundesliga4000—0000402022–2023Bundesliga15330—20—2032023–2024Bundesliga25120—71—3422024–2025Bundesliga32820—144104912Umumiy761270—2351010717Chelsea2025–2026Premyer-liga10000000—10Karyerasidagi umumiy771270002351010817

Sovrinlar Borussia Dortmund UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi: 2023–24

Angliya U-19 UEFA Yevro U-19: 2022

Manbalar

Havolalar Jamie Gittens Chelsea F.C. saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Reading F.C. futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Borussia Dortmund futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar