Zain Al Rafeea (2004-yil 10-oktyabr) — suriyalik aktyor. 2018-yil Livanda ishlab chiqarilgan Capernaum filmidagi boshi roli bilan tanilgan. Film 2018-yilgi Cannes kinofestivalida Jury Prize mukofotini yutgan.

Hayoti Al Rafeea 2004-yilda Suriyaning Darʼo shahrida tugʻilgan. Oilasi 2012-yilda Livanga koʻchib oʻtgach, suriyalik qochqin sifatida ota-onasi bilan Bayrut xarobalarida yashagan. Capernaum filmini suratga olish paytida u 12 yoshli savodsiz bola boʻlgan. Aktyorlik boʻyicha ham oʻqimagan. Gavdalantirgan qahramonining ismi, Zain, Al Rafeeaning oʻz nomidan olingan.

2018-yil noyabrda rejissyor Nadine Labaki bolaning hayoti oʻzgargani haqida quyidagicha xabar bergan:

Capernaum filmidagi ijrosi uchun Asia Pacific Screen Award for Performance by an Actor mukofotiga nomzodlik qilgan. Shuningdek, 2018-yilgi Antaliya Altın Portakal kinofestivalida „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan.

2021-yilda Eternals filmida qishloq odami rolini oʻynagan.

Filmografiyasi YilNomiRoli2018CapernaumZain El Hajj2021EternalsMesopotamiyalik yosh yigit2024 The Sand CastleAdam

Mukofotlari YilMukofotToifaNomzodlik qilganNatijaManba2018Antaliya Altın Portakal kinofestivaliEng yaxshi aktyorCapernaumAsia Pacific Screen AwardsEng yaxshi aktyorlik ijrosiNew Mexico Film CriticsEng yaxshi yosh aktyor/aktrisa2019The Lebanese Movie AwardsEng yaxshi aktyorlar ansambliFEST International Film FestivalEng yaxshi debyut40th Annual Young Artist AwardsBreakout Performance Award

Manbalar

Havolalar

Turkum:Norvegiyalik erkak aktyorlar