Qurbon ( — qurbonlik; qurbon berish, fido qilish) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Qurbon Abasov — Sovet Ozarbayjon neftchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1959). Ozarbayjon SSR neft ustasi, Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan muhandis (1975). Birinchi darajali Stalin mukofoti (1951) va Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti (1972) laureati; Qurbon Berdiyev — turkmanistonlik rossiyalik futbol murabbiyi; Qurbon Boboyev — paxtakor. Sotsialistik Mehnat Qahramoni; Qurbon Boyboʻtayev — geliotexnika sohasida faoliyat ko‘rsatgan olim; Qurbon Haqberdiyev — Oʻzbekistonda va Qashqadaryo vohasida uzoq yillar davomida ilgʻorlikni qoʻlga kiritib kelgan F.Engels nomidagi kolxozga raisi; Qurbon Nazarov — aktyor, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964); Qurbon Orziqulov — mashina-traktor stansiyasi traktorchisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957); Qurbon Qurbonov — erkin kurashchi, jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni. Xizmat koʻrsatgan sport ustasi; Qurbon Roʻzmetov — sovet iqtisodiyot, davlat va siyosiy arbobi, general-mayor; Qurbon sozchi — baxshi, Oʻzbekiston xalq shoiri (1938); Qurbonboy Jirov — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq dostonchisi (1956); Qurbonboy Xoliqov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi; Qurbonjon dodxoh — Chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari.

Familiyalar

Qurbonov Qurbonova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha uniseks ismlar