Aleksandr Andreyevich Keller (, 4-may 1911, Bolshaya Dmitriyevka qishlogʻi, Saratov viloyati – 19.01.1983, Olma-Ota, Qozogʻiston SSR) – futbol murabbiyi, SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1963).

Biografiyasi Saratov viloyati Atkarskiy tumani Bolshaya Dmitriyevka qishlogʻida Volga nemislari oilasida tugʻilgan. Onasi Yekaterina Fridrixovna 1917-yilda vafot etgan, otasi Genrix Kondratovich 1921-yilda vafot etganNemischa „Genrix“ ismining rus tilidagi analogi „Andrey“. Shuning uchun otasining ismi „Andreyevich“ deb yozilgan.. Ular Olmoniyaning Balzer koloniyasida tugʻilgan boʻlib, ota-bobolari 1767-yildan buyon yashab kelgan. Oilada oltita bola boʻlishgan. Otasi doʻkon yuritib, kerosin va mixlardan tortib mato hamda oziq-ovqatgacha sotgan. Otasining vafotidan soʻng, 1925-yilgacha bolalar uyida oʻsgan. 1925-1928-yillarda Qizil Armiya safiga koʻngilli boʻlgan va armiya orkestrining aʼzosi edi. 1929-1932-yillarda Engels shahridagi savdo-sanoat texnikumida oʻqidi.

1932-yildan 1936-yilgacha Stalin nomidagi Lenin ordeni bilan taqdirlangan davlat markaziy jismoniy tarbiya institutida oʻqidi. Shu bilan birga, Moskva klublari jamoalarida futbol oʻynadi. Chexoslovakiyalik murabbiy Antonin Fivebr tomonidan oʻsha davrning iqtidorli yoshlari orasidan joy olgan. Oʻqish davrida restoranlarda pianino chalib, pul ham ishlab topgan.

1938-yildan 1940-yil oktyabrigacha SSSR futbol chempionati „B“ guruhida oʻynagan Gorkiyning „Torpedo“ jamoasida oʻyinchi boʻlgan. 1939-yilda 23 ta jamoa ichida 12-oʻrinni egalladi, keyingi mavsumda esa 14 ta jamoa ichida 9-oʻrinni oldi. 1940-yilda futbolchi sifatida jamoaning 12 ta uchrashuvida qatnashib, 1 ta gol urdi.

1940-yildan 1941-yil iyunigacha mamlakat oliy divizionida toʻp surgan Stalingradning „Traktor“ jamoasida murabbiy boʻlgan. Keller boshchiligida jamoa SSSR chempionatida 12 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gʻalaba, 7 ta durang va 2 marta magʻlubiyat qayd etgan. Urush boshlanganidan keyin boʻlib oʻtgan chempionatning soʻnggi oʻyinida, 1941-yil 24-iyunda „Traktor“ oʻz maydonida „Staxanovets Stalino“ jamoasini 2:3 hisobida magʻlub etdi. Chempionat toʻxtatilgan vaqtda Keller jamoasi peshqadamlardan 2 ochkoga ortda qolgan holda, 4-oʻrinda edi.

1941-yil 28-avgustda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining „Volga boʻyida yashovchi nemislarni koʻchirish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi. Volga nemislari avtonom respublikasi tugatildi va nemislarni butunlay deportatsiya qilindi. Keller Qozogʻistonning Zryanovsk shahriga deportatsiya qilindi. Uning xotini Xarkovga koʻchib oʻtishga muvaffaq boʻldi. Keyinchalik, mehnat armiyasiga safarbar qilingan. 1941-yildan 1951-yilgacha Kirov viloyatidagi Vyatka majburiy mehnat lagerida boʻlgan. Avval daraxt kesishda, keyin aholi punktida ishlagan. 1947-yilda rafiqasi bilan uchrashdi. 1949-yilda Vyatlagda qizi Natalya tugʻildi.

1955-yilgacha barcha nemislar singari, SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1955-yil 13-dekabrdagi farmoni bilan bekor qilingan „maxsus turar-joy“ rejimida edi. Oʻsha paytdan boshlab, rasmiy ravishda, haydalgan nemislarni nazorat qilish toʻxtatildi.

1948-yilda „Selmash“ zavodining „Traktor“ jamoasi Keller boshchiligida katta futbolga kirishga harakat qildi. RSFSR chempionatidagi oʻyinlarda ishtirok etish uchun ariza topshirildi.

Vyatlag boshligʻi uning Kirovga koʻchib oʻtishiga yordam berdi. Unga „Dinamo“ni mintaqadagi eng yaxshi jamoaga aylantirish vazifasi topshirildi. Keller mahalliy yosh iqtidorli futbolchilarni jamoaga jalb qildi. Jamoa oʻyinni sezilarli darajada yaxshiladi. 1956-yilda „Dinamo“ viloyat kubogi sohibiga aylandi. Oʻsha yili jamoa oʻz turnirida 4-oʻrinni egalladiPorfirev Yu. B. Pri perepolnennix tribunax // Vyatskaya xronika № 17, 19 oktyabrya 2007 °C.13 .

Jamoa chempionatning 3-zonasi „B“ ligasiga tushdi. Oʻzining birinchi yilidayoq, „Dinamo“ Toshkentning „Paxtakor“ klubini ortda qoldirib, oʻz zonasida 9-oʻrinni egalladi. Keyingi mavsumda jamoa oʻz zonasida 9-oʻrinni egalladi. 1959-yilda gʻalaba qozonib, ligada yuqoriga koʻtarildi. Kirovning „Dinamo“si oʻz zonasi jadvalida ikkinchi boʻlib qoldi. 8 yil davomida Kirovda futbolni havaskorlikdan professional darajagacha koʻtardi.

1959-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi SSSR chempionati oliy ligasiga kirdi. Murabbiy lavozimiga Keller tayinlandi.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shaxslar Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiylar Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:FC Torpedo NN Nijniy Novgorod futbolchilari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari Turkum:„1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlanganlar