Al-Muntafiq () janubiy Iroq va Quvayt hududida yashagan yirik arab qabilalar ittifoqi. Ittifoqdagi qabilalar, asosan, Iroqning janubiy viloyatlarida va Quvaytning shimolida istiqomat qilgan. Ittifoqdosh qabilalar mazhab yoki din jihatidan bir xil emas. Asrlar davomida oʻzaro nikoh hamda etnik aralashuvlar natijasida sunniy va shia qabilalari oʻrtasida qorishuv yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ittifoq tarkibidagi ayrim qabilalarning ozchiligi sunniylardir. Umuman olganda, „Muntafiq“ ittifoqiga kimlar mansub yoki kimlar mansub emasligini aniq belgilash deyarli imkonsiz. Umumiy holat Qabila Banu Molik, al-Ajvad, Banu Said nomli uch qismga boʻlingan. Ittifoqdagi qabilalarning koʻpchiligi oʻz shajarasini Najdda yashagan qadimiy va yirik Banu Amir ittifoqiga mansub Banu Uqayl qabilasiga bogʻlaydi. Biroq, ittifoqning anʼanaviy rahbarlari as-Saadun („Saadun xonadoni“) hisoblanadi. Ushbu xonadon Makkadan kelib chiqqan shariflar boʻlgani aytiladi. Al-Ajvad tarmogʻi esa qisman Tayydan qadimgi arab qabilasidan kelib chiqqan, degan fikr mavjud. Muntafiq qabilasiga Saadun xonadoni vakili Yusuf Beg rahbarlik qilgan. Yusuf baʼzi vaqtlarda Ibn Saud bilan hamkorlik qilgan boʻlsa-da, oila Zafir va Ibn Saudning anʼanaviy raqibi boʻlgan.
Qabila islomiy istilolar davrida Iroqqa koʻchib oʻtgan. Usmoniylar davrida qabila Usmoniylar rahbarligi ostida Basra hududini nazorat qilgan. 1521-yilda Usmoniylar nomidan hozirgi Saudiya Arabistonining sharqiy qismidagi al-Ahso va al-Qatif (hozirgi Saudiya Arabistonining sharqiy qismlari) hududlari ustidan nazorat oʻrnatishdi. Biroq keyinchalik Banu Xolid qabilasi ushbu hududlardan Muntafiqni haydab chiqargan. thumb|alt=Alt|Usmoniylar imperiyasi xaritasi. Qizil rangda rasman Sadoon qabilasi boshqaruvida boʻlgan Basra iyolati
Usmoniylar davrida qabilaning aksariyat qismi oʻtroq hayotga oʻtib, janubiy va gʻarbiy Iroqda dehqonchilik bilan shugʻullangan. Al-Muntafiq Usmoniylar davrida, oʻn sakkizinchi asr oxiridan boshlab shialikni qabul qilganThe Shi’is of Iraq By Yitzhak Nakash, pg.27Lorimer, Gazetteer, 2B:1273; Great Britain, naval intelligence division, geographical handbook series, Iraq and the Persian Gulf, September 1944, 379-80; Great Britain, office of the civil commissioner, The Arab of Mesopotamia, Basra, 1917,6.. thumb|alt=Alt|20asr boshlarida Usmoniylar imperiyasining Basra iyolati tasvirlari
Iroq janubidagi Nosiriya shahri qabila shayxlaridan birining nomi bilan atalgan va uning atrofidagi viloyat 1976-yilgacha „al-Muntafiq“ viloyati deb atalgan.
Ilgari oʻrtoq hayot kechiruvchilar, tuya emas, balki qoʻy va echki kabi kichik hayvonlarni boqadigan chorvadorlar, ichki Arabistonning tuya boquvchi qabilalariga nisbatan kamroq harakatchan va jangchilik qobiliyatlari ham zaifroq edi.
Qabilaning rasmiy rahbarlari as-Saadunlar sunniy boʻlishiga qaramay, qabila aʼzolarining koʻpchiligi shialar hisoblanadi. Bir necha oʻn yillik oʻtroqlikka moslashuvdan soʻng, qabilaviy aloqalar zaiflashib, as-Saadun mavqei deyarli rasmiy tusga kirdi. Quvaytda yashaydigan koʻplab beduinlar Muntafiq qabilalar ittifoqiga mansub.
Manbalar
Adabiyotlar
Levi Della Vida, G.; Sluglett, P. „al- Muntafiḳ .“ Encyclopaedia of Islam. Edited by: P. Bearman, Th. Bianquis, C. E. Bosworth, E. van Donzel and W. P. Heinrichs. Brill, 2007. Brill Online. Christiane Thompson, Iranian Tentacles into Iraq, 2009
Turkum:Arabiston qabilalari Turkum:Iroq qabilalari Turkum:Quvayt qabilalari Turkum:Banu Uqayl Turkum:Quvaytning ijtimoiy tarixi Turkum:1918-yilda tugatilgan davlatlar va hududlar