Vobisa ibn Maʼbad al-Asadiy () – VII–VIII asrlar oʻrtasida yashagan sahoba, roviy.

Hayoti Vobisa ibn Maʼbad al-Asadiy Banu Asad qabilasiga mansub edi. U 630–631-yillar oraligʻida islomni qabul qilgan. Vobisa dastlab Kufa shahrida yashagan, biroq keyinchalik Raqqaga koʻchib oʻtgan va umrining qolgan qismini oʻsha yerda oʻtkazgan. Vobisa 707-yilda Raqqada vafot etganIbn Hajar al-Asqalani (1856–1873), Al-Iṣābah fī Tamyīz al-Ṣahābah (Volume 6). Beirut, Lebanon: Dar al-Kutub al-Ilmiyah..

Qabri Vobisa 707-yilda vafot etgan va Raqqa shahridagi Raqqa Buyuk masjidi joylashgan hududda dafn etilgan. Vobisa dafn qilingan deb taxmin qilingan qabr ustiga 1836-yilda Usmoniylar davrida gumbazli maqbara qurilgan. Biroq bu maqbara 2014-yilda Iroq va Shom Islom Davlati (ISHID) tomonidan buzib tashlangan va butunlay yoʻq qilingan. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlarda ushbu gumbazli maqbara Vobisaga emas, balki Raqqada vabo tufayli vafot etgan va xarobaga aylangan masjid hovlisiga dafn etilgan Usmoniylar davlati hokimi Saʼdiddin posho al-Azmga tegishli ekani aniqlangan. Vobisaga oid haqiqiy qabr esa hozirgi kunda Raqqaning Mishlab mahallasidagi zamonaviy madrasa ostida joylashgani taxmin qilinmoqda.

Manbalar

Turkum:707-yilda vafot etganlar Turkum:Sahoba hadis roviylari Turkum:Arab musulmonlari Turkum:7-asr xalifalari