Maria Carolina Gomes Santiago (1985-yil 2-avgustda tugʻilgan), shuningdek, Carol Santiago nomi bilan ham tanilgan, xalqaro darajadagi musobaqalarda ishtirok etuvchi braziliyalik paralimpiyachi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan va jami 5 ta, jumladan, 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti Santiago tugʻma koʻz kasalligi – optik nervdagi nuqson morning glory sindromi bilan tugʻilgan. Uning chap koʻzida koʻrish qisman saqlangan, oʻng koʻzida esa yon koʻrish (periferik koʻrish) mavjud emas. Sportchi toʻrt yoshida suzishni boshlagan va oʻn ikki yoshida sogʻlom sportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan suzish musobaqalari hamda ochiq havzada suzish oʻyinlarida ishtirok etgan. Oʻn yetti yoshida koʻzining toʻr pardasi suv toʻplanishi natijasida sakkiz oy davomida toʻliq koʻr boʻlib qolgan va suzishni toʻxtatgan. Oradan oʻn yil oʻtib, yigirma yetti yoshida suzishga qaytgan va yana musobaqalarda qatnasha boshlagan.
Karyerasi 2019-yilda Caixa Open musobaqasida 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Fabiana Sugimori tomonidan 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha oʻrnatilgan Braziliya milliy rekordini yangilagan. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida esa u S13 toifasida 50 metrga erkin usulda, S12 toifasida 100 metrga erkin usulda va S12 toifasida 100 metrga brass usulida suzish yoʻnalishi boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritib, oʻyinlarda bitta toifada 3 ta oltin medal yutgan birinchi braziliyalik ayol suzuvchiga aylangan. right|thumb|Santiago 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida qoʻlga kiritgan barcha medallari bilan
Muvaffaqiyatlari Yil Turnir Joy Tadbir Natija Vaqt 2019 Para suzish boʻyicha 2019-yilgi Jahon chempionati London, Buyuk Britaniya 50 metrga erkin usulda suzish, S12 toifasi 1 27.41 2019 Para suzish boʻyicha 2019-yilgi Jahon chempionati London, Buyuk Britaniya 100 metrga erkin usulda, S12 1 59.66 2019 Para suzish boʻyicha 2019-yilgi Jahon chempionati London, Buyuk Britaniya Aralash bahslarda 4 × 100 metrga erkin usulda estafeta, 49 ball 2 3:53.17 2019 Para suzish boʻyicha 2019-yilgi Jahon chempionati London, Buyuk Britaniya 100 metrga chalqancha suzish, S12 2 1:11.44 2021 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari Tokio, Yaponiya 50 metrga erkin usulda suzish, S13 1 26.82 2021 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari Tokio, Yaponiya 100 metrga erkin usulda suzish, S12 1 59.01 2021 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari Tokio, Yaponiya 100 metrga brass usulida suzish, SB12 1 1:14.89 2021 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari Tokio, Yaponiya Aralash bahslarda 4 × 100 metrga erkin usulda estafeta suzish, 49 ball 2 3:54.95 2021 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari Tokio, Yaponiya 100 metrga chalqancha suzish, S12 3 1:09.18
Manbalar
Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Resifelik sportchilar Turkum:Braziliyalik para suzuvchilar