Usmoniylarning Hormuzga yurishi 1552–1554-yillarda boʻlib oʻtgan. Admiral Piri Reis va Seydi Ali Reis Usmoniylarning Suvaysh portidan Hind okeanining shimoli-gʻarbiy qismidagi portugallar hokimiyatini, xususan, Hormuz orolidagi ularning qal’asini yoʻq qilish uchun yuborilgan.
Dastlabki bosqichlar Usmoniylar–Safaviylar urushi (1532–1555) davomida Usmoniylar Erondan Basrani tortib olishga muvaffaq boʻldilar. Shundan soʻng ular Fors koʻrfazidagi bir qancha muhim nuqtalarni egallash imkoniyatiga ega boʻldilar. 1550-yilda esa Al-Qatifni zabt etdilar.
1552–1554-yillardagi harbiy yurishda Usmoniylar kuchi 4 ta galleon, 25 ta yirik harbiy kema va 850 nafar askardan iborat boʻlib, ular Suvaysh portidan yoʻlga chiqqan edi.
Maskat va Hormuzning qamal qilinishi 1552-yil avgustida Usmoniylar floti portugallarning Maskat shahrini (hozirgi Ummon hududi) qoʻlga kiritib, uni talon-taroj qildilar. Biroq oradan koʻp oʻtmay, Usmoniylar shaharni tark etdilar. Shu yilning sentyabrida boʻlib oʻtgan Hormuz qamalida esa muvaffaqiyat qozona olmadilar.
Natijada, flot Hindiston bilan savdoni yengillashtirish maqsadida Yaman, Adan va Arabiston qirgʻoqlarini, shimolda esa Basragacha boʻlgan hududni egallab, u yerlarni nazorat qilishga erishdi. Soʻngra flot Basraga qadar yetib bordi, bu vaqtda Basra Usmoniylar porti edi. Biroq ular 1559-yilda Bahraynni egallashga urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchradilar.
Shu orada, 1553-yilda Seydi Ali Reis portugallarga qarshi Hind okeanida yurish olib bordi, biroq muvaffaqiyat qozona olmadi.
1554-yilning avgustida Seydi Ali Reis Basradan Suvayshga flotni qaytarishga urinayotgan paytda uning yirik harbiy kemasi portugallar tomonidan qoʻyilgan pistirmada (Ummon qoʻltigʻi jangi) qoʻlga olindi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Sulaymon I Turkum:16-asr Eronda Turkum:1552-yil Usmoniylar imperiyasida Turkum:1552-yil Osiyoda Turkum:Usmoniylar imperiyasi ishtirokidagi harbiy yurishlar