Mirzamaqsud Alimov (1973-yil, Jalaquduq, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek din arbobi va ilohiyotshunosi, imom, 2019-yil 25-noyabrdan Andijon viloyati bosh imom xatibi.
Biografiyasi Mirzamaqsud Alimov 1973-yilda Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan. „Imom Buxoriy“ ordeni sohibi.
Faoliyati davomida Jalaquduq tumanidagi So‘fiqishloq jome masjidi imom-xatibi, Jalaquduq tuman bosh imom-xatibi lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 2008-2018-yillarda Andijon viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari, 2018-2019-yillarda esa Andijon viloyatidagi Sayid Muhiddin Mahdum o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri vazifalarida mehnat qilgan.
2019-yil noyabr oyida Nuriddin Xoliqnazarovning o‘rniga Andijon viloyati bosh imom-xatibi etib tayinlandi.
Unvon va mukofotlari „Imom Buxoriy“ ordeni (2025) — Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkent islom instituti bitiruvchilari Turkum:Jalaquduq tumani Turkum:Jalaquduq tumanida tugʻilganlar Turkum:Jalaquduqda tugʻilganlar Turkum:Andijon viloyati Turkum:Andijon viloyati kishilari