Chantelle Whitney Brown-Young (1994-yil 27-iyulda tugʻilgan), Winnie Harlow nomi bilan tanilgan, kanadalik model, vitiligo deb nomlanuvchi teri kasalligi haqida ommaviy nutq soʻzlaydi. 2014-yilda „Americaʼs Next Top Model“ shousining 21-mavsumi ishtirokchisi sifatida mashhurlikka erishgan. 2018-yilda vitiligo kasalligiga chalingan birinchi model sifatida Victoriaʼs Secret Fashion Show podiumida chiqish qilgan. Shuningdek, Beyoncé tomonidan suratga olingan „Lemonade“ (2016) vizual albomida ham ishtirok etgan. 2018-yilda BBCning eng mashhur 100 ayollari safida tilga olingan. Keyinchalik Amazon Prime Videoning „Making the Cut“ shousi ikkinchi mavsumida hakam sifatida qatnashgan.
Yoshlik yillari Winnie Harlow 1994-yil 27-iyulda Toronto shahrida tugʻilgan. Tavallud paytidagi ismi Chantelle Brown-Young. Onasining ismi Lisa Brown, otasining ismi esa Windsor Young. Harlowning yamaykalik ajdodlari, shuningdek, ikki opa-singlisi ham bor. Toʻrt yoshida unga terining ayrim qismlarida pigment yoʻqolishi bilan tavsiflanadigan surunkali kasallik vitiligo tashxisi qoʻyilgan. Bolalik chogʻida Harlow qora va oq tanli oʻquvchilar tomonidan masxara va haqoratlarga uchrab, „sigir“, „zebra“ kabi soʻzlar bilan kamsitilgan. Ushbu ogʻir ruhiy bosim sababli u bir necha marta maktabini oʻzgartirishga majbur boʻlgan va oxir-oqibat maktabni tashlab ketgan. Shundan soʻng u oʻz joniga qasd qilish haqida ham oʻylab koʻrgan.
Karyerasi Harlow Instagram tarmogʻida „Americaʼs Next Top Model“ dasturi boshlovchisi Tyra Banks tomonidan model sifatida kashf etilgan va 2014-yilda loyihaning 21-mavsumida 14 nafar finalchidan biriga aylangan. Harlow ushbu shouda ishtirok etgan yagona kanadalik model boʻlgan. U finalning ikkinchi haftasidayoq loyihadan chiqib ketgan, biroq „comeback series“ (qaytish) deb nomlangan alohida tanlovda ishtirok etgan. Unda Harlow shoudan chiqarilgan boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda suratga tushgan va qayta tanlovga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritishga harakat qilgan. Ushbu seriya yakunida u eng yuqori oʻrtacha jamoatchilik ovozini toʻplagani maʼlum boʻlgan va loyiha sahnasiga qaytgan. Biroq Harlow umumiy hisobda 9-oʻrinni egallagan. thumb|Harlow 2017-yilgi Cannes kinofestivalida
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ontariolik ayol modellar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Vitiligo kasaliga chalingan kishilar Turkum:Torontodan boʻlgan kishilar Turkum:Qora tanli kanadalik ayollar