Sanae Takaichi yoki Sanae Takaiti (yaponcha: 高市 早苗; 1961-yil 7-mart, Yamatokoriyama, Nara, Yaponiya) – yapon siyosatchisi va davlat arbobi, 2025-yil 21-oktyabrdan boshlab Yaponiya Bosh vaziri va Ichki ishlar va aloqa vaziri (2014—2017, 2019—2020-yillar). 2025-yil 4-oktyabrdan Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi raisi lavozimini egallagan.

Biografiyasi U 1961-yil 7-martda Yaponiyaning Nara prefekturasidagi Yamatokoriyama shahrida dunyoga kelgan. Otasi avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniyada faoliyat yuritgan, onasi esa politsiya xodimi bo‘lgan. Yoshligida Takaichi mototsikl minishni yaxshi ko‘rgan va Heavy metal guruhida barabanchi sifatida ijod qilgan.

Manbalar

Turkum:Amaldagi davlat rahbarlari