Shukrulloh Muborakpuriy (1895 yo 1896 – 1942-yil 23-mart) – hind sunniy ulamo. Hindiston mustaqillik harakatining yetakchisi va siyosiy faoli.
Tavalludi va taʼlim Shukrulloh Muborakpuriy 1895 yoki 1896-yilda Muborakpurning Pura Rani shahrida tugʻilgan. Otasi asli Kopaganjdan boʻlib Muborakpurda qoʻnim topgan edi.
Muborakpuriy Muborakpurdagi Ihyo al-Ulum madrasasida Muhammad Mahmud Marufiydan arab tilidagi kitoblarni oʻrgangan va keyinchalik Sitapurning Laharpur shahrida joylashgan madrasada tahsil olgan. Oʻsha Madrasada uning ustozlari Haydar Hasan Shoh va Fayzulloh boʻlib, ulardan Sharah Mutala, Tavzih Talvih, Laik al-Mubin va boshqalarni oʻrgangan. Keyin Aligarxning Mendhu shahrida Majid Ali Jaunpuriy qoʻli ostida oʻqigan. Majid Ali Jaunpuriydan „Mirqat“, „Tehzib“, „Sharah Tehzib Sharah Joami“, „Mulla Hasan“, „Hadya Sadiya“, „al-Javohir al-Galiya“, „Maybzi“, „Hamdulloh“ va „Qozi Muborak“ kitoblarini oʻrgangan. Keyin u Dorul Ulum Deobandga koʻchib oʻtdi va u yerda Anvar Shoh Kashmiriy, Shabbir Ahmad Usmoniy, Mian Sayid Asgʻar Husayn Deobandiy va Hofiz Muhammad Ahmad qoʻl ostida tahsil oldi. Hijriy 1336-yilda oʻqishni tugatgan.
Faoliyati Hakim Elahi Baxsh Shukrulloh Muborakpuriyni 1918 (hijriy 1336) yili Muborakpur madrasasi Ihyo al-Ulumga rektor etib tayinladi. Shukrulloh Muborakpuriy Xalifalik harakatida qatnashgan va 1923-yilda ingliz mustamlakachiligiga qarshi satyagraxa faoliyati uchun ham olti oyga qamalgan. U Muborakpurdagi Jama masjidi qurilishiga rahbarlik qilgan. Uning poydevori 1940-yil 1-iyunda qoʻyilgan. Shuningdek, u hayitgoh qurilishiga ham rahbarlik qilgan va hijriy 1357-yilda qurib bitkazilgan. Asosan ratsional fanlarga oid kitoblardan dars bergan. Shialar va Barelviylar bilan bahslari bilan tanilgan. Shuningdek, muftiylik ham qilgan.
Vafoti Muborakpuriy 1942-yil 23-martda (5-rabiulavval 1361-hijriy) vafot etdi. Manbalar
Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:Darul Ulum Deoband bitiruvchilari Turkum:Ulamolar