Vaqt muzeyi (forscha: تماشاگه زمان) yoki Husayn Xodadad uyi — soatlar va boshqa vaqt o‘lchash asboblariga ixtisoslashgan muzey. Qojorlar davri bilan bog‘liq tarixiy yodgorlik bo‘lib, Eronning Tehron shahridagi Zafaraniyya va Parzin Bag‘dodiy ko‘chalari chorrahasida joylashgan. Eronning ilk soatlar muzeyi sifatida tanilgan.

Tarixi Binoni o‘rab turgan besh gektarlik katta bog‘ va undagi inshootlar, ehtimol, Muhammad Shoh Qojar yoki Nosiriddinshoh hukmronligi davrida ham mavjud bo‘lgan. Uni 1963-64-yillarda eronlik sanoatchi Husayn Xododod sotib olgan va kapital qayta qurish va ta’mirlashdan o‘tkazgan.

Xodadad uyda bor-yo‘g‘i bir yil yashagan, chunki bino keyinchalik Eron inqilobidan keyin hukumat tomonidan musodara qilingan va 1999-2000-yillardan beri mingga yaqin eski soatlarni o‘zida jamlagan vaqt muzeyi sifatida foydalanilmoqda.

Inshoot 2004-yil 22-yanvarda 10868-raqam bilan Eronning milliy yodgorliklaridan biri sifatida ro‘yxatga olinganسازمان میراث فرهنگی و گردشگری ایران. بایگانی‌شده از نسخهٔ اصلی.

Koʻrgazmasi Binoning ichki qismida ikki qavat bo‘ylab XVII asrdan boshlab keyingi asrlarga oid mexanik soatlarning keng ko‘rgazmasi mavjud. Bu yerda ilk bilyansli (koromisli) soatlar, mayatnikli soatlar, stol soatlari, devor soatlari va shu kabi boshqa turlarning barchasini ko‘rish mumkin. Muzeyning ikkinchi qavatida oddiy cho‘ntak soatlari hamda mashhur tarixiy va siyosiy shaxslarga tegishli bo‘lgan cho‘ntak soatlari namoyish etilgan. Shu qavatda turli maxsus soat turlari ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, ayollar soatlari, qorovul almashinuvi uchun mo‘ljallangan soatlar, kema soatlari, turli xil bilaguzuklari bilan taqdim etilgan qo‘l soatlar, ikki siferblatli soatlar va boshqalar. Taqvimlar bo‘limida xohlovchilar uchun turli eron davriy nashrlari ham taqdim etilganموزه ساعت – تماشاگه زمان .

Muzey ko‘rgazmasida quyosh soati, qum soati, suv soati va atom soati kabi ilk soatlardan namunalar ham mavjud. Inshootning alohida qismi Jaloliy taqvimi va uning Eron tarixida mavjudligiga oid hujjatlarga bag‘ishlangan.

Galereya

Manbalar

Turkum:Tehron muzeylari Turkum:Eron milliy asarlari Turkum:Eron arxitekturasi