Abu Mansur Xusrav Firuz (; Al-Malik al-Aziz laqabi bilan mashhur (, tarjimasi: „kuchli hukmdor“) Vosit hokimi lavozimida xizmat qilgan buvayhiy shahzoda. Jalol ud-Davlaning oʻgʻli.
Otasi hayotligida Al-Malik al-Aziz Vosit hokimi lavozimida xizmat qilgan hamda taxt vorisi deb eʼlon qilingan. Biroq otasi 1044-yilda vafot etgach, Fors va Kirmon hukmdori boʻlgan buvayhiy Abu Kalijar Iroqni ishgʻol etib, Bagʻdodni egallab olgan. Al-Malik al-Aziz Bagʻdoddan qochishga muvaffaq boʻlib, avval Mazyadiylar, keyin esa Uqayliylar huzurida panoh topdi. Shuningdek, Bagʻdodni qaytarib olish uchun bir necha bor samarasiz urinishlarni amalga oshirgan. Keyinchalik, 1049-yilda Mayyafariqin shahrida vafot etgan.
Adabiyotlar
Turkum:Buvayhiy shahzodalar Turkum:1049-yilda vafot etganlar Turkum:11-asr eroniylari Turkum:Taxtni egallay olmagan taxt vorislari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar