Vyacheslav Nikolaevich Shirin (1959-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Vyacheslav futbolchilik faoliyatini 1977-yilda Toshkentnning „Paxtakor“ jamoasida boshlagan. Paxtakor jamoasida 3 mavsum davomida faoliyat olib borgan. 1979-yil Paxtakor klubi asosiy tarkibi avia halokatga uchraganidan soʻng jamoada qayta oʻynamadi va mavsum soʻngida klubni tark etgan.

Keyinchalik Jizzaxning „Boʻston“, Xorazm viloyatining „Xorazm“, „Xonqa“, „Xiva“, Samarqandning „Dinamo“ va Olmaliqning „Kimyogar“ jamoalarida oʻynagan.

Faoliyatini yakunlaganidan soʻng keyinchalik AQShga koʻchib ketgan.

Manbalar

Havolalar Vyacheslav Shirin Footballfakts saytida Vyacheslav Shirin Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Xonqa klubi futbolchilari Turkum:Xiva klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Kimyogar Olmaliq klubi futbolchilari