Galaxy — Mars Inc. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan va bozorda ilgari suriladigan shokolad mahsulotlari brendi bo‘lib, ilk bor 1960-yilda Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan . Galaxy Buyuk Britaniya, Irlandiya, Janubiy Afrika, Yaqin Sharq, Marokash, Hindiston, Pokiston, Avstraliya, Malta bozorlarida sotiladi. Shuningdek, u AQSh, Kanada, Meksika hamda qator Yevropa qit’asi mamlakatlarida Dove nomi ostida realizatsiya qilinadi. 2014-yilda Galaxy Buyuk Britaniyada Cadbury Dairy Milkdan keyin ikkinchi eng ko‘p sotilgan shokolad sifatida qayd etilgan"Top 10 selling chocolate bars in the UK" . Wales Online. Retrieved 28 December 2014.
Mahsulotlar assortimenti Galaxy va Dove brendlari keng turdagi mahsulotlarni qamrab oladi. Ular qatoriga sutli shokolad, karamel, urvoqli, meva va yong’oqli kabi turli batonchalar, shuningdek Minstrels, Ripple (qatlangan yoki o’rtasida “to‘lqinli” sutli shokolad bo’lgan), Amicelli, Duetto, Promises, Bubbles va Truffle kiradi. Dunyoning ayrim hududlarida ushbu brendlar bilan bog‘liq mahsulotlar “Jewels”, Yaqin Sharqda esa “Senzi” nomlari ostida ham sotiladi. Bundan tashqari, Galaxy va Dove tayyor ichiladigan shokoladli sut, issiq shokolad kukuni, shokoladli pirojniylar, muzqaymoq va boshqa turli mahsulotlarni ham bozorga chiqaradi.
2019-yilda Galaxy brendi ostida vegan shokoladlar liniyasi taqdim etilgan. 2023-yilda Buyuk Britaniyada sotiladigan 110 grammlik Smooth Milk Galaxy shokolad plitkasi narxi o‘zgartirilmagan holda 100 grammga qisqartirilgan. Ommaviy axborot vositalarida bu holat yuqori inflyatsiya davrida kuzatilayotgan “shrinkflation” (mahsulot hajmini kamaytirib, narxni saqlab qolish) chakana savdo tendensiyasiga misol sifatida baholangan.
Bubbles Galaxy Bubbles — Mars kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan shokolad batonchasi bo‘lib, tuzilishi jihatidan Cadburys Wispa yoki Nestlé Aero mahsulotlariga o‘xshashdir va 2010-yil boshlarida taqdim etilgan. Ushbu shokolad odatiy Galaxy shokoladi asosida tayyorlanib, aeratsiya qilingan (ichki tuzilmasi g‘ovaklashtirilgan) bo‘ladi. Mahsulotning, shuningdek, apelsinli varianti ham mavjud.
Do‘konlarda sotiladigan standart versiya raqobatchilariga nisbatan yengilroq bo‘lib, uning og‘irligi 31 grammni tashkil etadi. Shunga mos ravishda, energiya qiymati ham pastroq — 169 kkal (710 kJ). Taqqoslash uchun, Wispa batonchasi 39 g bo‘lib 210 kkal (880 kJ) energiya qiymatiga ega, Aero esa 46 g og‘irlikda bo‘lib 220 kkal (920 kJ)ni tashkil etadi.
Galaxy Bubbles, shuningdek, 100 grammlik “blok” shaklida yoki 28 grammlik sutli shokolad tuxum (ichki qismi ham aeratsiyalangan) ko‘rinishida ham sotiladi. Ushbu batoncha vegetarianlar uchun mos hisoblanadi.
Honeycomb Crisp Galaxy Honeycomb Crisp — Mars kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan shokolad batonchasi bo‘lib, Galaxy shokoladlari assortimenti tarkibiga kiradi. Ushbu mahsulot tarkibida asalari uyachasi karamelidan tayyorlangan mayda donador nugalar mavjud bo‘lib, u shokoladga xos bo‘lgan qarsildoq va yengil tuzilmani beradi.
Marketing 2013-yilda Buyuk Britaniyada namoyish etilgan Galaxy reklama roligida aktrisa Audrey Hepburnning kompyuterda yaratilgan (CGI) tasviri qo‘llangan. Ushbu tasvir London shahrida joylashgan Framestore nomli CGI studiyasi tomonidan yaratilgan. Reklama roligi Audrey Hepburn ijrosidagi “Moon River” qo‘shig‘i fonida tasvirlangan bo‘lib, u 2013-yil fevral oyida Buyuk Britaniyada ilk bor efirga uzatilgan.
Shuningdek, Galaxy avvalroq British Book Awards mukofotining rasmiy homiysi sifatida ham faoliyat yuritgan. Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Shokolad barlari Turkum:Qandolatchilik markalari