The Books of Jacob (polyakcha: Księgi Jakubowe, tarjimasi: Yoqub kitoblari) – polyak yozuvchisi Olga Tokarchuk tomonidan yozilgan epik tarixiy roman boʻlib, u 2014-yil oktyabr oyida Wydawnictwo Literackie nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Ushbu asar Tokarchukning toʻqqizinchi romani va keng qamrovli tarixiy tadqiqotlar natijasi hisoblanadi. Muallif uni yozishga yetti yil vaqt sarflagan.
The Books of Jacob 912 betdan iborat, yetti kitobga boʻlingan roman. Asar voqealari 1752-yilda Rohatyn shahrida boshlanib, Holokost davridagi Korolówka voqealari bilan yakunlanadi. Roman markazida Jacob Frank – oʻzini masih deb eʼlon qilgan polyak yahudiysi shaxsiyati turadi. Asarda Jacob Frank bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarning oʻnlab uchinchi shaxs nuqtayi nazarlari orqali orqali voqealarni birlashtiradi..
Roman chop etilishi bilan darhol bestsellerga aylangan va Polshaning eng nufuzli adabiy mukofoti – Nike mukofoti bilan taqdirlangan. 2015-yil oktyabr holatiga koʻra, roman umumiy hisobda 100 ming nusxada tarqalgan. 2018-yilda Olga Tokarchuk Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanganda, Nobel qoʻmitasi The Books of Jacob asari ularda „juda katta taassurot qoldirganini“ alohida taʼkidlagan An English translation by Jennifer Croft was published by Fitzcarraldo Editions on 15 November 2021.. Romaning Jennifer Croft tomonidan amalga oshirilgan ingliz tilidagi tarjimasi 2021-yil 15-noyabr kuni Fitzcarraldo Editions nashriyoti tomonidan chop etilgan. Jennifer Croft ushbu tarjima uchun 2015-yilda PEN/Heim Translation Fund Grant mukofotiga sazovor boʻlgan. Asarning AQShdagi nashri Riverhead Books tomonidan 2022-yil 1-fevral kuni eʼlon qilingan.
Qabul qilinishi Gazeta Wyborcza muxbiri Przemysław Czapliński fikricha, bu roman „XVIII asrda diniy hayot qanday boʻlganini yangicha koʻrsatadi va Polsha–Litva Qirolligi haqidagi qarashlarni ham oʻzgartiradi.“
Polityka nashri uchun yozgan Justyna Sobolewska esa shunday degan: „Tokarchuk 900 sahifadan oshadigan, tasviriy detallar, diniy bahslar va xatlar bilan boyitilgan roman yozish mumkinligini isbotladi“ va uni „XVIII asr Polshasining nihoyatda qiziqarli panoramasi“ deb atagan.
Manbalar
Turkum:Olga Tokarchuk romanlari Turkum:Frankizm Turkum:Polsha tarixiy romanlari