Al-Kamil Sayfiddin Shaʼbon ibn Muhammad ibn Qalavun, al-Kamil Shaʼbon nomi bilan tanilgan – 1345-yil avgustidan 1346-yil yanvarigacha Misrning mamluk sultoni boʻlgan. U an-Nosir Muhammadning sultonlik qilgan beshinchi oʻgʻil edi. Al-Kamil Shaʼbon akasi As-Solih Ismoildan keyin taxtga oʻtirgan. Shaʼbon uning hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon chogʻida, amir Shamsuddin Aqsunqur tomonidan ukasi al-Muzaffar Hojji nomidan uyushtirilgan isyon davomida agʻdarilib, oʻldirilgan.
Tarjimai holi Shaʼbon uzoq hukmronlik qilgan va avtoritar xususiyatga ega boʻlgan mamluk sultoni an-Nosir Muhammadning va uning kanizlaridan birining oʻgʻli boʻlgan, Mamluklar davri manbalarida bu kanizakning ismi zikr qilinmaydi. An-Nosir Muhammad vafot etgach, bir necha oʻgʻli taxtga oʻtirdi; Abu Bakr, Kujuk, an-Nosir Ahmad va As-Solih Ismoil navbatma-navbat sulton boʻlishgan. Biroq ularning koʻpchiligi faqat nomigagina hokimiyat egasi edi, haqiqiy hokimiyat koʻpincha nufuzli mamluk amirlari qoʻlida boʻlgan. 1345-yil avgustida Shaʼbonning ona-bir akasi As-Solih Ismoil kasallikdan vafot etadi va uning oʻrniga Shaʼbon sulton boʻladi hamda shu kundan boshlab al-Kamil Shaʼbon ismi bilan taniladiHolt 1986, p. 123..
Shaʼbon yetakchi mamluk amirlari bilan kelishuv tuzgan, ulardan eng muhimlaridan biri uning oʻgay otasi Argʻum al-Alaʼiy edi. Yetakchi amirlar bilan tuzgan kelishuvlariga qaramay, Shaʼbon ularni, shuningdek, Suriya mamluk hokimlarini va oʻz shaxsiy gvardiyasi zobitlarini tez orada oʻzidan uzoqlashtirdi. Natijada 1346-yil sentyabrida uning hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon boshlandi. Qoʻzgʻolon mamluk amiri Shamsiddin Aqsunqur tomonidan Shaʼbonning ukasi al-Muzaffar Hojji nomidan uyushtirilgan ediWilliams, p. 86.. Shundan soʻng Shaʼbon qoʻlga olindi va 1346-yil 21-sentyabr kuni qatl etildi, Argʻum esa Iskandariyada zindonga tashlandi va oʻsha yerda vafot etdi. Shaʼbon akalaridan biri boʻlgan Yusuf ibn Muhammadning yoniga dafn qilingan. Oʻlimidan avval Shaʼbonning goʻdakligida vafot etgan bir oʻgʻli va Aisha ismli bir qizi boʻlgan. Aisha Amir Rajab ismli bir amirga turmushga chiqqan.
Mamluklar davri tarixchisi Ibn Tagʻribirdiy Shaʼbonga shunday taʼrif bergan: „Zulm va buzuqlik jihatidan u hukmdorlarning eng yomoni edi. Uning davrida mamlakat uning koʻngilochar mashgʻulotlarga berilishi, mayxonalarga bogʻlanib qolishi va qoʻshiqchilarga boʻlgan mehr-muhabbati tufayli xarob boʻldi.“Lewicka, p. 528..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1346-yilda vafot etganlar Turkum:14-asrda tugʻilganlar Turkum:14-asr mamluk sultonlari Turkum:Bahriy sultonlar Turkum:Oʻldirilgan mamluk sultonlari Turkum:Qalavuniylar sulolasi