Baholash — taʼlim oluvchilarning muayyan soha (domen) boʻyicha oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalar darajasini aniqlash va oʻlchash jarayoni. Shuningdek, baholash oʻquv dasturlarini takomillashtirish va taʼlim sifatini oshirish maqsadida taʼlim oluvchilarning oʻzlashtirish darajasi, qobiliyati, munosabatlari hamda dunyoqarashiga oid empirik maʼlumotlarni hujjatlashtirish hamda tahlil qilishni koʻzda tutadi. Baholash jarayonida maʼlumotlar bevosita taʼlim oluvchilar ishlarini tekshirish yoki oʻrganish jarayoni haqida mantiqiy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi bilvosita manbalar asosida toʻplanadi. Garchi ushbu tushuncha koʻpincha test bilan sinonim sifatida qoʻllansa-da, uning koʻlami faqat testlar bilan cheklanmaydiNational council on Measurement in Education http://www.ncme.org/ncme/NCME/Resource_Center/Glossary/NCME/Resource_Center/Glossary1.aspx?hkey=4bb87415-44dc-4088-9ed9-e8515326a061#anchorA . Baholash obyekti sifatida alohida taʼlim oluvchi, muayyan guruh, oʻquv kursi, akademik dastur yoki yaxlit taʼlim tizimi ishtirok etishi mumkin. Baholash atamasi taʼlim kontekstida mustaqil tushuncha sifatida Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda keng isteʼmolga kirgan.

Manbalar

Adabiyotlar