Ertuğrul Chelebiy (1392-yil iyulda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Boyazid I ning oʻgʻli va taxt vorisi. Beyliklar davrining Onadoʻlida yakun topishida muhim harbiy hissa qoʻshgan qoʻmondon.

Hayoti

Vafotidan avval Ertugʻrul Usmoniylar davlatiga Aydin va Saruhan sanjak beyi sifatida xizmat qilgan. Aydın sanjagidagi faoliyati davomida u, asosan, Gʻarbiy Onadoʼli hududida turklar birligini taʼminlash, shuningdek, mintaqada Tuz soligʻiga qarshi bosh koʻtargan qabilalar va beylarning vorislarini tarqatib yuborish va quvib chiqarish vazifalarini bajargan. Kadı Burhoniddin tomonidan 1392-yil iyul oyida Kırkdilim jangida (Çorum va Osmancık oraligʻidagi dovon) oʻldirilgan. Bu jang tarixda Kırkdilim jangi nomi bilan mashhur. Uning jasadi Bursa shahriga olib kelingan va uning nomi bilan qurilgan Ertuğrul masjidi hovlisiga dafn qilingan.

Oʻlimi Baʼzi mahalliy va gʻarb manbalariga koʻra, shahzoda Ertuğrul Temurning Sivas qamalida qatnashgan, taxminan 4000 kishilik otliq qismiga qoʻmondonlik qilgan. Qalʼa qulashi ortidan asir olinib, shafqatsizlarcha oʻldirilgan. Xalq orasida rivoyat qilinishicha, sulton Bursada qurdirgan imoratxonaning ehtiyojlarini tekshirib yurgan paytida bir choʻponning nay chalib oʻtirganini eshitib, unga shunday degan ekan:

Mehmed Süreyyaning qalamiga mansub „Sicill-i Osmanî“ asarida uning oʻlim sanasi 1399-yil deb beriladi.

Manbalar

Adabiyot

Havolalar

Turkum:Sultonlarning oʻgʻillari Turkum:Usmoniy shahzodalar Turkum:Boyazid I ning farzandlari Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari