Iyas ibn Qabisa at-Taʼiy () – 613—618-yillarda Laxmiylar qirolligi poytaxti al-Hira hokimi lavozimida xizmat qilgan. Qabisa at-Taʼiyning oʻgʻli boʻlgan. Hayya va Farvaning otasi"The History of al-Tabari Vol. 5 & 11 (2015). Iyas ibn Qabisa ismining oxiridagi at-Taʼiy nisbasi uning Tayy qabilasigan mansub ekanini anglatadi.
580-yilda Sosoniylar shohi Hormizd IV (579—590) al-Hiraga Iyas ibn Qabisa yoki uning otasi Qabisani bir necha oyga vaqtincha hokim etib tayinlagan. Bu tayinlov avval Laxmiylar qirolligini boshqargan Nasriylar sulolasidan munosib nomzod topilguniga qadar amalga oshirilgan. Oʻsha yilning oʻzida an-Nu’mon III Laxmiylar qirolligi hukmdori etib tayinlanib, Qabisani al-Hira hokimligidan chetlatgan.
Maʼlum bir vaqtda Fors shohi Iyosga mukofot sifatida Furot daryosi boʻyida joylashgan 30 ta qishloqni umrbod beriladigan inʼom sifatida taqdim etib, uni Ayn at-Tamr tumani boshqaruvchisi etib tayinlaganFootnote 810 on p. 342 in „The History of al-Tabari Vol. 5: The Sasanids, the Byzantines, the Lakhmids, and Yemen“ SUNY Press, 11 Jun 2015.
Iyas ibn Qabisa Sosoniy shohi Xusrav II (590—628) Bahromdan qochib, Iyos bilan uchrashganida unga bir ot hadya qilgan va bir tuya soʻygan. Xusrav II buning evaziga Iyasga minnatdorlik bildirib, keyinchalik mukofotlagan. An-Nu’mon III 602-yilgacha hukmronlik qilgan va shu yili Xusrav tomonidan qatl etilgan. Shundan soʻng Xusrav II Iyas ibn Qabisani yana al-Hiraga fors zodagoni Naxiragan bilan birga qoʻshma hokim etib tayinlaganp. 359 in „The History of al-Tabari Vol. 5: The Sasanids, the Byzantines, the Lakhmids, and Yemen“ SUNY Press, 11 Jun 2015.
Xusrav Iyasga xabar yuborib, an-Nu’mon omonat qilib qoldirgan mulklar qayerda ekanini soʻragan. Iyas javoban an-Nu’mon bu boyliklar uchun Bakr ibn Voil qabilasi orasida boʻlishi xavfsiz joy ekanligini bildirgan. Shundan soʻng Xusrav Iyasga an-Nu’mon qoldirgan boyliklarni qoʻlga kiritib, oʻziga yuborishni buyurgan. Iyas akasi Honiga xat yoʻllab, „Al-Nu’mon senga ishonib topshirgan sovutlar va boshqa buyumlarni menga yubor“, degan. Bu sovutlar soni eng kam hisobda 400 ta, eng koʻp hisobda esa 800 taga yetgani aytiladi. Biroq Honi oʻzi himoya qilish majburiyatini olgan bu buyumlarni topshirishdan bosh tortganpage 359 in „The History of al-Tabari Vol. 5: The Sasanids, the Byzantines, the Lakhmids, and Yemen“ SUNY Press, 11 Jun 2015.
Bunga javoban Iyas sosoniylar tarafdori boʻlgan arab va fors qoʻshinlariga Banu Bakrga qarshi hujum qilishni buyurgan. Ikki oʻrtada Zi Qor jangi boʻlib oʻtgan. Mazkur jangda sosoniylar magʻlubiyatga uchragan. Turli tadqiqotchilar ushbu jang sanasini taxminan 603-yildan 623-yilgacha boʻlgan davr oraligʻida turlicha koʻrsatishadi.
Iyas ibn Qabisa va Naxiragandan keyin 618-yilda ularning oʻrnini Azadbeh egallagan. Azadbehning vorisi Al-Munzir VI ibn an-Nu’mon boʻlgan. Undan soʻng esa Iyas ibn Qabisaning oʻgʻillari – Hayya va Farva hokimiyatni qoʻlga olgan, ular 633-yilda Xolid ibn al-Validga al-Hira shahrini topshirgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Yaqin Sharqning VI asr monarxlari Turkum:Yaqin Sharqning VII asr monarxlari Turkum:Al-Hiraning Sosoniylar davridagi hokimlari Turkum:VII asr arablari Turkum:Yazdigard III sarkardalari Turkum:Tayy Turkum:Sosoniylar imperiyasidan boʻlgan arablar