Al-Amir Mustafo ud-Davla Abulfityan Muhammad) (1003-yil dekabr – 1081-yil yanvar/fevral) Suriyadan chiqqan arab shoiri. Suriyaning amirlari va zodagonlariga, xususan, Halabdagi Mirdosiylar sharafiga yozilgan madhiyalari mashhur boʻlgan. Asosan, Ibn Hayyus () nomi bilan tanilgan.
Hayoti Ibn Hayyus 1003-yil dekabr oyida Damashqda tugʻilgan)Ibn Khallikan, ed. De Slane 1868, p. 143.. Unga bobosi Hayyus sharafiga ism qoʻyilgan. Otasi SultonIbn Khallikan, ed. De Slane 1868, p. 138. badaviylar qoʻmondonlaridan biri boʻlgani sababli Ibn Ḥayyusga al-amir (amir, sarkarda) unvoni berilgan. Ularning oilasi Banu Gʻani qabilasidan kelib chiqqan boʻlib, ushbu qabila qaysiy qabilaga mansub edi. Ibn Hayyus uyi Damashqning Zuqaq-Attaf mahallasida joylashgan edi. 1016-yilda Fotimiylar zobiti Anushtakin ad-Dizbariy taxminan 1 yil davomida ushbu oilaning uyida istiqomat qilgan. Keyinchalik Ibn Hayyus Anushtakin sharafiga koʻplab madhiyalar bitgan). Anushtakin 1029-yilda Fotimiylar Suriyasining hokimi etib tayinlangan.
Ibn Hayyus ijodiy faoliyati davomida mahalliy hukmdorlar, Fotimiylar amaldorlari va boshqa nufuzli shaxslar bilan tanishgan. Ularga madhiyalar bagʻishlagan va buning evaziga koʻplab mukofotlar olgan. Shu jarayonda Mustafo ad-Davla (davlatning tanlangani) laqabi berilgan. Ayniqsa, 1072-yilda koʻchib borgan Halabdagi Mirdosiy amirlari bilan yaqin aloqada boʻlgan. Mirdosiy amirlaridan biri Mahmud ibn Nasr bir safar uni ming dona oltin dinor bilan mukofotlagan. Mahmud 1075-yilda vafot etgach, Ibn Hayyus uning oʻgʻli Nasr ibn Mahmud bilan yaqin doʻstlik aloqalarini oʻrnatgan. Ibn Hayyus sheʼrlaridan birida shunday yozgan: „Mahmud menga oʻz xazinasidan ming dona oltin berdi. Men uning oʻgʻli Nasr ham shunday qilishiga shubha qilmayman“. Bu marsiya Nasrni juda mamnun etgan va u hayajon bilan: „Agar Ibn Hayyus Nasr bu summani bir necha barobar oshiradi, deganida ham men buni albatta qilgan boʻlardim!“ – degan ekan.
Halabdagi Mirdosiylardan olgan boyliklari Ibn Hayyusga shaharda oʻzi uchun uy qurish imkonini bergan. Uyning kirish eshigi tepasidagi lavhaga quyidagi qasidani yozdirgan: Biz bu maskanni barpo etdik va unda istiqomat qildib, Mirdosiylar neʼmatlaridan bahramand boʻldik. Ular bizni musibat va taqdir zulmidan xalos etgan oiladir. Yer yuzining oʻgʻillariga ayting: „Insonlar bir-biriga shunday muomala qilsin“Ibn Khallikan, ed. De Slane 1869, p. 141..
1079-yilda Uqayliylar amiri, Yuqori Mesopotamiya hokimi Muslim ibn Quraysh Ibn Hayyus unga bagʻishlab yozgan marsiyasi evaziga minnatdorchilik sifatida Mosuldan bir iqto ajratganIbn Khallikan, ed. De Slane 1868, pp. 143–144.. Ibn Hayyus 1081-yilda oʻz uyida vafot etgan.
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1003-yilda tugʻilganlar Turkum:1081-yilda vafot etganlar Turkum:11-asr arab tilli shoirlari Turkum:Halabning Mirdosiy amirlari Turkum:11-asr Fotimiylar xalifaligi kishilari Turkum:Damashqliklar Turkum:Musulmon madhiyachilar Turkum:Fotimiylar xalifaligi shoirlari