Azize Dilpesend Kadın ( – „yuqori darajada hurmatli“ va „koʻngilga yoqimli“; 1865-yil 16-yanvar – 1901-yil 17-iyun) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid IIning beshinchi xotini.

Hayoti Kelib chiqishi gruzinlarga mansub boʻlgan Dilpesend Kadın 1865-yil 16-yanvarda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan. Tugʻilganida Azize xonim ismi qoʻyilgan. Otasi Kızılbeg Maksud Giray Bey, onasining ismi Esma xonim. Dilpesendning Midhat Bey ismli ukasi va Mestiahu xonim hamda Pakiya xonim ismli ikki singlisi bor edi. Otasi tomondan Qrim xonligi Giraylar sulolasi avlodidan edi.Dilpesend xonim boʻychan, toʻq jigarrang-qora sochli va oq-sariq yuzli ayol boʻlgan. Sulton Abdulhamid II ning xotinlari ichida eng kam maʼlumot saqlanib qolgani Dilpesend xonim boʻlgani sababli koʻpincha shunga oʻxshash ismli boshqa bir xotin Pesend xonim bilan adashtiriladi.

Abdulhamid II ga turmushga chiqishidan oldin Dilpesend Abdülhamid II ning bobosi sulton Mahmud IIning oxirgi xotini Tiryal xonimning xizmatkorlari safida edi. 1883-yilda Tiryal xonim vafot etgach, odatga koʻra, Tiryal xonimning barcha xizmatkorlari Dolmabahçe saroyiga yoki Yildiz saroyiga yuborilgan. Shu saroyda Abdulhamid II Dilpesend xonimni koʻrgan va uni oʻziga xotinlikka tanlagan.

Dilpesend xonim 1883-yil 10-aprelda Abdulhamidga turmushga chiqdi. Unga „Toʻrtinchi Kadın“ unvoni berildi. 1884-yil 9-yanvarda turmushidan 1 yil oʻtib, u birinchi farzandi Noila Sulton ismli qizini dunyoga keltirdi. Oradan koʻp oʻtmay, 1885-yilda yana bir qizi, Seniha Sulton tugʻildi, biroq u besh oyligida vafot etgan. 1895-yilda Dilpesend xonim „Uchinchi Kadın“ unvoniga koʻtarilgan.

Vafoti Dilpesend Kadın 1901-yil 17-iyunda 36 yoshida Yildiz saroyida vafot etgan va Istanbuldagi Yahyo Afandi qabristoniga dafn qilingan.

Farzandlari Ismi Tugʻilgan Vafot etgan Izohlar Noyila Sulton 1884-yil 9-fevral. 1957-yil 25-oktyabr. bir marta turmushga chiqqan, farzandi yoʻq Seniha Sulton 1885-yil 1885-yil besh oyligida vafot etgan

Yana qarang Usmoniylar sultonlari xotinlarining roʻyxati Kadın Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1865-yilda tugʻilganlar Turkum:1903-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar sultonlari xotinlari Turkum:Usmoniylar imperiyasidagi gruzinlar Turkum:Abdulhamid II Turkum:Rossiya imperiyasidan Usmoniylar imperiyasiga ko‘chib kelganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari