Mezidimestan Kadın ( – „quvnoq ayol“, shuningdek, Mezide Kadın; asl ismi Qadriye Kamile Merve Mikanba; 1869-yil 3-martda tugʻilgan – 1909-yil 21-yanvarda vafot etgan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid II ning oltinchi xotini.
Yoshligi Mezidimestan Kadın 1869-yilda tugʻilgan. Asl ismi – Qadriye Kamile Merve Mikanba. U abxaz zodagonlaridan Mikanba oilasining aʼzosi edi. Otasining ismi Qaymat Bey Mikanba boʻlgan. Yoshligida uni Istanbulga olib kelishgan va u yerda sulton Abdulhamid II ning ota bir katta ukasi Murod V ning atrofida xizmat qiladigan shaxlarga topshirilgan. Bu yerda Usmoniylar saroyi odatiga koʻra, uning ismi Mezidimestanga oʻzgartirilgan. Mezide nihoyatda uyatchanligi bilan tanilgan edi. U sulton Abdulhamid II ning kichik oʻgay ukasi sulton Mehmed VI ning boʻlajak xotini Emine Nazikeda xonimning xolasi boʻlgan.
Turmush qurishi Mezidimestan 1885-yil 2 fevralda Yıldız saroyida Abdulhamid II ga turmushga chiqqan va unga „Beshinchi Kadın“ unvoni berilgan. 1885-yil 19-dekabrda, yaʼni nikohdan 10 oy oʻtib, u yagona oʻgʻli Shahzoda Mehmed Burhoniddinga homilador boʻlgan. Mehmed Burhoniddin sulton Abdulhamidning eng sevimli oʻgʻli edi. Sultonning eng suyukli oʻgʻlining onasi sifatida Mezidemestan juda kuchli taʼsirga ega edi, biroq hech qachon oʻz mavqeini suiisteʼmol qilmagan, aksincha, hammaga yordam bergani tanilgan. Hatto oʻgay farzandlari ham Mezideni yaxshi koʻrgan.
1895-yilda Mezidimestan „Toʻrtinchi Kadın“ unvoniga, 1901-yilda esa „Uchinchi Kadın“ unvoniga koʻtarilgan. Sulton Abdulhamid unga Yıldız saroyi hududida joylashgan bir villa hadya qilgan.
Vafoti Mezidimestan Kadın 1909-yil 2-yanvarda 39 yoshida Yıldız saroyida oshqozon saratonidan vafot etgan. Vafotidan soʻng Istanbuldagi Yahyo Afandi qabristonidga dafn etilgan.
Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot etgan sanasi Izohlar Shahzoda Mehmed Burhoniddin 1885-yil 19-dekabr. 1949-yil 15-iyun. toʻrt marta uylangan, ikki oʻgʻil farzand koʻrgan
Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın Usmoniylar sulolasi harami
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1869-yilda tugʻilganlar Turkum:1909-yilda vafot etganlar Turkum:Abdulhamid II Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari