Mehmet Zeki Çelik (1997-yil 17-fevralda tugʻilgan) – turkiyalik futbolchi, A Seriyaning „Roma“ klubi va Turkiya terma jamoasida oʻynaydi. Asosan oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida harakat qiladi, shuningdek, himoya uchligida markaziy himoyachi sifatida ham oʻynashi mumkin.

Klubdagi faoliyati Bursaspor Çelik Bursa shahrida toʻqqiz farzandning eng kichigi sifatida tugʻilgan. Bursaspor klubi yoshlar akademiyasida tahsil olgan va 2015-yilda professional futbolchiga aylangan. Zeki 2015-yilda Karacabey Birlikspor bilan ijara shartnomasini imzolagan.

Istanbulspor 2016-yilda Istanbulspor klubiga oʻtgan. Istanbulspor klubi tarkibida Turkiya birinchi ligasida oʻynaganiga qaramay, muvaffaqiyatlik oʻyini sababli 2018-yilda Turkiya terma jamoasiga chaqiruv olgan.

Lill 2018-yil 8-iyulda Chelik Fransiyaning Lill jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Chelik professional debyutini 2018-yil 11-avgustda Ligue 1 turniri doirasidagi oʻyinda Stade Rennes bilan oʻyinda amalga oshirgan.

Roma 2022-yil 5-iyulda Chelikning Lilldan Romaga oʻtishi rasman eʼlon qilingan. U „Giallorossi“ bilan 2026-yil 30-iyungacha amal qiladigan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. U A Seriyadagi debyuti oʻyinini 2022-yil 22-avgustda „Cremonese“ bilan oʻyinda amalga oshirgan.

Xalqaro faoliyati Chelik Turkiya terma jamoasi safida professional debyutini 2018-yil 5-iyunda Rossiyaga qarshi 1:1 hisobida oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida amalga oshirdi.

Faoliyat statistikasi Klub

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokYevropaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBursaspor2015–16Turkiya Superligasi0000—00Karacabeyspor (ijara)2015–16TFF ikkinchi ligasi34010—350İstanbulspor2016–17TFF ikkinchi ligasi31000—3102017–18TFF birinchi ligasi33050—380Jami64060—690Lille2018–19Ligue 134120—3612019–2023030603202020–2129320413542021–223221170403Jami1186811711438Roma2022–23Serie A24020803402023–24170101102902024–25310201014312025–261811060251Jami901603511312Umumiy faoliyat statistikasi306820152237811

Xalqaro

+ Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarTurkiya201840201910220204020211102022602023702024110202551Jami583

Turkiyaning gollari soni birinchi oʻrinda.

+ Zeki Chelikning terma jamoa safida urgan gollari roʻyxati № Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2019-yil 2-iyun Alanya Oba stadioni, Alanya, Turkiya 1–0 2–0 Oʻrtoqlik 2. 2–0 3. 2025-yil 11-oktabr Vasil Levski National stadioni, Sofiya, Bolgariya 5–1 6–1 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar Istanbulspor

TFF Ikkinchi Ligasi: 2016–17 Lill

Liga 1: 2020–21 Roma

UEFA Yevropa Ligasi finalchisi: 2022–23

Manbalar

Havolalar

Zeki Çelik AS Roma saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Bursaspor futbolchilari Turkum:İstanbulspor futbolchilari Turkum:Lille OSC futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:TFF Birinchi Liga futbolchilari Turkum:TFF Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Turkiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar