Matekane aerodromi – Lesotodagi Matekane hududiga xizmat koʻrsatuvchi aerodrom. Uning uchish-qoʻnish yoʻlagi 500 metrli jarlik yoqasigacha choʻzilgan.

Uchish-qoʻnish yoʻlagi koʻpincha xayriya tashkilotlari va shifokorlar tomonidan hududdagi chekka qishloqlarga yetib borish uchun foydalaniladi. Mazkur maydon dunyodagi eng xavfli uchish-qoʻnish yoʻlaklaridan biri sifatida tanilgan.

Maseru VOR-DME radiomayagi (Identifikatori: MZV) uchish-qoʻnish maydonidan shimoli-gʻarbda joylashgan.

Yana qarang Lesotoda transport Lesoto aeroportlari ro‘yxati

Manbalar