William Kilgour Jackson (1871-yil 14-mart, Lamington, Janubiy Lanarkshire – 1955-yil 26-yanvar, Symington) shotlandiyalik kyorling sportchisi edi. U 1924-yilda Fransiyaning Chamonix shahrida boʻlib oʻtgan birinchi Qishki Olimpiada oʻyinlarida kyorling boʻyicha birinchi olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan Qirollik Kaledoniya kyorling klubi jamoasining skipi boʻlgan.

Hayoti William Jackson 1871-yil 14-martda Buyuk Britaniyaning Janubiy Lanarkshire hududi Lamington qishlogʻida tugʻilgan.

Willian Jackson oilaviy fermalarini Simingtonda boshqargan. Oʻsha paytda u Shotlandiyadagi eng kuchli skiplaridan biri edi. U 1922–1923 va 1931–1932-yillar oraligʻida Qirollik klubi vitse-prezidenti, 1933–1934-yillarda esa klubning prezidenti boʻlib xizmat qilgan.

William Jacksonning oʻgʻli Lourens Jackson ham Olimpiada oʻyinlarida oltin medal sohibi boʻlgan.

U 1955-yil 26-yanvarda Janubiy Lanarkshirening Symington qishloqchasida vafot etgan.

Yana qarang 1924-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida kyorling

Manbalar

Havolalar

Turkum:1871-yilda tugʻilganlar Turkum:1955-yilda vafot etganlar Turkum:1924-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:20-asr shotlandiyalik sportchilari