Nergizev xonim ( – „nargis“; 1830-yilda tugʻilgan – 1848-yil 26-oktyabr yoki 1858-yil 26-oktyabrda vafot etgan), shuningdek, Nergizu xonim yoki Nergis xonim nomlari bilan ham tanilgan, Usmoniylar davlati sultoni Abdulmajid I ning xotini.
Nergis xonim cherkesiyalik boʻlib, Natuxay qabilasidan edi. U ikki akasi Ibrohim bey va Huseyn bey hamda ikki singlisi Mihrinur xonim va Munavvar xonim bilan birga Istanbulda yashagan.
Nergizev xonim 1847-yilda Abdulmajidga turmushga chiqqan va „Toʻrtinchi Iqbol“ unvonini olgan. Nikohlaridan 1 yil oʻtib, 1848-yil 7-iyulda Eski Çırağan saroyida yagona farzandi, oʻgʻli shahzoda Mehmed Fuodni dunyoga keltirgan. Shahzoda 1848-yil 28-sentyabrda 2 oyligida vafot etgan.
Nergis xonim oʻgʻlining oʻlimidan 1 oy oʻtib, 1848-yil 26-oktyabrda sil kasalligidan vafot etgan. Biroq boshqa manbada uning vafot sanasi 1858-yil 26-oktyabr deb koʻrsatilgan. Nergis xonim Yangi masjiddagi Refia Sulton maqbarasiga dafn etilgan.
Farzandi Ismi Tugʻilgan sana Vafot etgan sana Izohlar Shahzoda Mehmed Fuod 1848-yil 7-iyul 1848-yil 28-sentyabr Çırağan saroyida tugʻilgan. Yangi masjidda dafn qilingan.
Yana qarang Usmoniylar sultonlari xotinlarining roʻyxati Iqbol (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Abdulmajid I ning xotinlari Turkum:1830-yilda tugʻilganlar Turkum:19-asrda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasida sil kasalligidan vafot etganlar Turkum:19-asrda sil kasalligidan vafot etganlar