Ozarbayjon Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi (ozarbayjoncha: Azərbaycan Respublikası Milli Olimpiya Komitəsi, XOQ kodi: AZE) – xalqaro olimpiya harakatida Ozarbayjon tomonidan vakillik qiluvchi milliy olimpiya qoʻmitasi. U mustaqil jamoat tashkiloti boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Qoʻmita nizomi 1993-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan. Tashkilot Olimpiya xartiyasi hamda Ozarbayjon Respublikasining korxonalar va jamoat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonuni asosida faoliyat yuritadi. 1997-yildan buyon qoʻmita prezidenti lavozimini Ilhom Aliyev egallab kelmoqda.

Tarixi Qoʻmita 1992-yilda tashkil etilgan va 1993-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan.

Ozarbayjon mustaqil davlat sifatida Olimpiya oʻyinlarida ilk bor 1996-yilda ishtirok etgan va shundan buyon barcha Olimpiya oʻyinlariga sportchilarini yuborib kelmoqda.

Bungacha ozarbayjonlik sportchilar 1952–1988-yillarda Olimpiya oʻyinlarida Sovet Ittifoqi terma jamoasi tarkibida qatnashgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, 1992-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Ozarbayjon sportchilari Birlashgan jamoa tarkibida ishtirok etgan.

Ozarbayjon Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati 1. Prezident – Ilhom Aliyev

2. Vitse-prezident – Chingiz Huseynzoda

3. Vitse-prezident – Azad Rahimov

4. Vitse-prezident – Hazar Isayev

5. Bosh kotib – Aghajan Abiyev

6. Bosh kotib oʻrinbosari – Azer Aliyev

Yana qarang Ozarbayjon Olimpiya oʻyinlarida

Manbalar

Havolalar

Turkum:Milliy olimpiya qoʻmitalari