Husamiddin Chalabiy, Ibn Axi Turk (, , ) – kurd musulmon soʻfiyi va Rumiyning yetuk shogirdi boʻlgan. U Rumiyga uning mashhur Masnaviy maʼnaviy asarini yaratishni tavsiya qilgan va bu kitobni yozish hamda tahrir qilishda ishtirok etgan. Rumiy oʻz sheʼrlari va maktublarida Husamiddinni qayta-qayta madh etgan.

Husamiddin taxminan 1225-yilda Konyada tugʻilgan, deb hisoblanadi. Uning bobosi asli Urmiyalik, qabri esa Bagʻdodda boʻlgan kurd soʻfiy olimi edi. Baʼzi manbalarda bobosining ismi Shayx Tajiddin Abu al-Vafa deb qayd etilgan. Masnaviy maʼnaviy muqaddimasida Rumiy ushbu shayxdan „Kecha men kurd edim, bugun esa arab boʻldim.“ degan soʻzlarini keltiradi. Husamiddin Konyada Rumiyning shogirdi boʻlgan. Keyinchalik, 1273-yilda Rumiy vafotidan soʻng, uning vorisi sifatida oʻrnini egallagan. U 1284-yilda vafot etguniga qadar shu maqomda boʻlgan, undan soʻng Rumiy oʻgʻli Sulton Valad uning oʻrnini egallagan.

Manbalar

Turkum:Turk soʻfiylari Turkum:Kurd so‘fiylari Turkum:1284-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:13-asr kurdlari Turkum:13-asr mavlaviylari