Gevherriz xonim ( – „javohir toʻplami“; 1863-yilda tugʻilgan – 1940-yilda vafot etgan) Jevherriz xonim deb ham atalgan, Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod V ning xotini.
Hayoti Gevherriz xonim taxminan 1863-yilda Rossiyaning Sochi shahrida tugʻilgan. U cherkas millatiga mansub boʻlib, otasining ismi Halil bey edi. Cherkaslar Rossiyadan qochishga majbur boʻlganlarida, Gevherriz Usmoniylar saroyiga qabul qilingan va shu yerda ulgʻaygan. Murodning eʼtiboriga tushishidan avval xalfa sifatida xizmat qilgan. 1876-yilda Murod taxtga chiqishi chogʻida Gevherriz unga turmushga chiqqan. Biroq undan zurriyod qolmagan. 1876-yil 30-mayda amakisi sulton Abdulaziz taxtdan agʻdarilgandan soʻng Murod taxtga oʻtirgach, Gevherrizga „Ikkinchi iqbol“ unvoni berildi. Murod bor yoʻgʻi 3 oy hukmronlik qilgach, 1876-yil 30-avgustda ruhiy beqarorligi sababli taxtdan agʻdarildi va Çırağan saroyida qamoqda saqlandi. Oʻsha paytda Gevherriz ham Murodga ergashib, Çırağan saroyiga borgan.
Gevherriz fransuz tilida juda yaxshi gaplashar edi. Shuningdek, u yosh shahzodalar va malikalar, shuningdek, Murodning farzandlariga fransuz tilidan dars bergan.
Abdulazizning boshqa bir xotini Filizten xonim oʻz xotiralarida Gevherriz Nakşifend xalfa, xazinador Dilberengiz, haram ogʻasi Husayn ogʻa va Husnu Bey (Murodning ikkinchi kotibi) bilan birgalikda Murodning ruhiy holatini aniqlash uchun ingliz shifokori bilan uchrashtirish ustida ishlaganini yozgan. Shifokor kelganda Gevherriz tarjimonlik qilgan. Ushbu hikoyaning qay darajada haqiqat ekani aniq emas, shifokor inglizlardan emas, balki masonlardan yuborilgani ham ehtimoldan xoli emasŞehsuvaroğlu, Haluk Yusuf, Çırağanın meşhur kadın simaları , Taha Toros Arşivi, Dosya No: 120-Saraylar. Not: Gazetenin „Tarihten Sayfalar“ köşesinde yayımlanmıştır..
1904-yilda Murod vafot etgach, Gevherriz xonim beva qoldi. Shundan soʻng uning Çırağan saroyidagi mashaqqatlari nihoyasiga yetdi. Beva qolganidan keyin uning nafaqasi 1500 kuruş boʻlgan. Biroq keyinchalik sulton Mehmed V hukmronligi davrida atigi 500 kuruşgacha kamaytirilgan. Shundan soʻng oʻgay qizi Hadicha Sulton Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasi (IT) aʼzosi Mehmet Cavit Beyga uning nafaqasini kamida 800 kuruşgacha oshirishni soʻrab xat yozgan.
Murod V ning vafotidan keyin darhol u erining boshqa xotinlari Remzşinas xonim, Nevdürr xonim va Filizten xonim bilan birga bir necha yilga Bursa shahriga yuborilgan. Biroq keyinchalik Istanbulga qaytib, 1915-yilda Husnu Beyga turmushga chiqqan, ammo uning ikkinchi nikohi juda qaygʻuli boʻlgan.
1924-yil mart oyida Usmoniylar sulolasi aʼzolari quvgʻin qilinganda, Gevherriz ushbu oilaning qondosh aʼzosi boʻlmaganlari sababli Istanbulda qolishga qaror qildi va shu yerda taxminan 1940-yilda vafot etdi.
Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Iqbol (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1860-yillarda tugʻilganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:20-asrda vafot etganlar Turkum:Cherkes ayollari Turkum:Rossiya imperiyasidan Usmoniylar imperiyasiga koʻchib kelganlar