Patrick Braunhofer (1998-yil 19-aprelda tugʻilgan) – italiyalik biatlonchi. 2019-yildan buyon Biatlon boʻyicha Jahon kubogida ishtirok etib kelmoqda.

Faoliyati

2015–2016-yilgi mavsumdan buyon faoliyat yuritayotgan Braunhofer 2019-yil 17-yanvarda Ruhpolding shahrida oʻtkazilgan sprint poygalarida Jahon kubogida debyut qilgan va 87-oʻrinni egallagan. Shundan soʻng 2019-yilda Osrblie shahrida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida estafeta bahsida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2023-yilda Oberhofda oʻtkazilgan Jahon chempionatida (kattalar darajasidagi ilk ishtiroki) sprint poygasida 50-oʻrinni, taʼqib (pursuit) bahsida esa 46-oʻrinni egallagan. 2024-yilda Nové Město na Moravě shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatida sprintda 52-oʻrin va quvib yetish bahsida 48-oʻrin bilan yakunlagan.

2024-yil 8-mart kuni Soldier Hollow bosqichida estafeta bahsida 2-oʻrinni egallab, Jahon kubogida ilk bora shohsupaga koʻtarilgan. Natijalari Bahon chempionatlari Medal yutmagan MusobaqaIndividualSprintQuvib yetishEstafeta 2023 Oberhof DNS 50-oʻrin 46-oʻrin — — — — 2024 Nové Město — 52-oʻrin 48-oʻrin — — — —

Jahon kubogi

Mavsum Umumiy Individual Sprint Ta’qib Mass start Musobaqa Ochko Oʻrin Ochko Oʻrin Ochko Oʻrin Ochko Oʻrin Ochko Oʻrin2018–19 1/25 Ochko olmagan 2020–21 4/26 2022–23 10/21 55 54-oʻrin 39 27-oʻrin 5 81-oʻrin 5 73-oʻrin 6 44-oʻrin2023–24 15/21 64 49-oʻrin 5 59-oʻrin 26 52-oʻrin 33 42-oʻrin — — Manbalar

Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashuvchi biatlonchilar