thumb|200px|Kristina Bakarandze Hakkarigücü Spor safida (Dekabr 2018) Kristina Bakarandze (, 1998-yil 19-mayda tugʻilgan) — Turkiya ayollar futbol superligasining Galatasaray klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydigan futbolchi. Gruziyada tugʻilgan boʻlsa-da, u Ozarbayjon ayollar milliy futbol terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi

Shaxsiy hayoti Kristina Bakarandze Gruziyada tugʻilgan. U Zugdidi shahridagi Shota Meskhia Zugdidi davlat universitetida (ZSU) iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan

Klubdagi faoliyati Bakarandze Ozarbayjonga koʻchib oʻtadi va 2013-yildan 2015-yilgacha FK Zaqatala jamoasida toʻp suradi 2015–16-yilgi mavsumda u Bokuda joylashgan Neftçi PFK klubiga oʻtgan Keyinchalik u oʻzining avvalgi klubi FK Zaqatalaga qaytib, 2016 va 2017-yillarda u yerda toʻp surgan

2017-yil iyul oyida u Qozogʻistonning FC Okzhetpes jamoasi bilan olti oylik shartnoma imzoladi

Hakkarigücü Spor U 2018-yil 18-oktabrda Turkiya ayollar birinchi futbol ligasida oʻynash uchun Turkiyaning janubi-sharqidagi Hakkarigücü Spor klubiga qoʻshildi

ALG Spor Bakarandze 2021-yil oktabr oyi oxirida Gaziantepda joylashgan ALG Spor klubiga oʻtdi U oʻz jamoasi bilan 2021–22-yilgi Ayollar Superligasi chempionligini qoʻlga kiritdi

Galatasaray 2022-yil 13-sentabrda Turkiya ayollar futbol superligasining Galatasaray klubiga oʻtdi..........

Galatasaray klubi tomonidan 2025-yil 20-iyulda berilgan bayonotda, uning sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirilib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilangan.

Xalqaro faoliyati Bakarandze Ozarbayjon ayollar milliy U-17 futbol terma jamoasi tarkibiga kirdi va 2013-yil 2-avgustda 2014-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionati saralashi – 8-guruhi doirasida Avstriyaga qarshi oʻyinda debyut qildi U 2015-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionati saralashining ikkita oʻyinida ishtirok etdi U Qozogʻistonning Chimkent shahrida boʻlib oʻtgan 2015-yilgi UEFA rivojlanish turnirida bitta gol urdi U U-17 terma jamoasida jami 13 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urgan

Keyinchalik u Ozarbayjon ayollar milliy U-19 futbol terma jamoasi aʼzosi boʻldi. 2015-yilgi Boltiqboʻyi ayollar U-19 kubogida ishtirok etdi U 2016-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionati saralashida, shuningdek, 2017-yilgi saralash bosqichlarida bir qator oʻyinlarda qatnashdi U-19 terma jamoasi uchun ikkita gol urdi

U 2015-yilda Ozarbayjon ayollar milliy U-21 futbol terma jamoasiga ikkita oʻrtoqlik oʻyini uchun tanlangan edi

2017-yil iyun oyida u Ozarbayjon ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga chaqirildi

Faoliyat statistikasi

Klub .

KlubMavsumLigaQitʼaMilliyJamiDivizionIsht.GollarIsht.GollarIsht.GollarIsht.GollarNeftçi PFK,FK Zaqatala2013–17 – – 24 4 24 4Jami – – 24 4 24 4FC Okzhetpes2017–18 – – Jami – – Hakkarigücü Spor2018–19Birinchi liga16 2 – – - - 16 22019–20Birinchi liga11 3 – – - - 11 3Jami27 5 – – - - 27 5ALG Spor2021–22Superliga26 6 – – 0 0 26 6Jami26 6 – – 0 0 26 6Galatasaray2022–23Superliga9 1 – – 0 0 9 1Jami9 1 – – 0 0 9 1

Xalqaro T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 20-fevral 2022 Dalga Arena, Boku, Ozarbayjon 4–0 4–0 Oʻrtoqlik 2. 28-iyun 2022 TFF Riva Facility, Riva, Turkiya 2–1 2–2 3. 2-sentabr 2022 Centenary Stadium, Ta'Qali, Malta 1–0 2–0 2023-yilgi JCH saralashi 4. 27-oktabr 2023 Við Djúpumýrar, Klaksvík, Farer orollari 1–0 2–1 2023–24 UEFA Millatlar ligasi

Yutuqlari Turkiya ayollar Superligasi ALG Spor Gʻolib (1): 2021–22

Manbalar .........

Havolalar

Kristina Bakarandze — Turkiya Futbol Federatsiyasi (TFF) rasmiy saytidagi profili

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Zugdididan boʻlgan insonlar Turkum:Ayollar futboli yarim himoyachilari Turkum:Gruziyalik ayol futbolchilar Turkum:Ozarbayjonlik ayol futbolchilar Turkum:Ozarbayjon ayollar milliy futbol terma jamoasi futbolchilari Turkum:Galatasaray ayollar futbol jamoasi futbolchilari Turkum:ALG Spor futbolchilari Turkum:Hakkarigücü Spor futbolchilari