Gonsalo Xerardo Higuaín (; 1987-yil 10-dekabrda tugʻilgan) – argentinalik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Hayoti Gonsalo argentinalik professional futbolchi oilasida tugʻildi. Otasi Xorxe Iguain (1957-yil 8-iyunda tugʻilgan) oʻsha vaqtlarda Fransiyaning Brest jamoasida himoya chizigʻida toʻp surardi. Farzandi 10 oylik boʻlganida, ota-onasi Argentina qaytishdi. Shu asnoda Gonsalo Iguain fransuzcha bilmasa ham Fransiyaning pasportiga ega boʻlgan. 2006-yilda Iguainni Argentina ham Fransiya ham oʻz tarkibiga chaqirdi, lekin oʻylab koʻrishga vaqt olgan holda ikkalasiga ham rad javobini berdi. Keyinroq u Argentina terma jamoasi safiga qoʻshilishga qaror qildiIguain sdelal vibor. I ne progadal  – "Sport-Ekspress", 18 iyun 2010. Gonsaloning katta akasi Federiko Iguain (1984-yil 25-oktabrda tugʻilgan) ham professional futbolchi sifatida „River Pleyt“, „Independiente“, „Beshiktosh“ jamoalari hujum chizigʻida faoliyat olib borgan.

2004—2006 yillar mobaynida River Pleyt safida oʻynab yurdi. 2007-yildan eʼtiboran u Real Madrid jamoasi hujumchisi sifatida maydonga chiqa boshladi. 2008/09 mavsumda Ispaniya chempionati davomida u 22 ta toʻp kiritdi, 2009/10 mavsumda esa 27 ta (chempionat toʻpurarlari roʻyxatida Lionel Messidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan) toʻp kiritgan.

JARda oʻtkazilgan 2010-yilgi Jahon chempionatida 22 yoshli Iguain musobaqaning birinchi xet-trigini Janubiy Koreya darvoza kiritdi (4:1). Gonsalo uchun bu milliy termadagi atigi 7-nchi oʻyini edi. Iguain argentinaliklar orasida Jahon chempionatidagi bitta oʻyinda 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan Gilermo Stabile (1930) va Gabriel Batistuta (1994 va 1998)lardan keyingi 3-nchi oʻyinchi boʻldi. Iguainning xet-trigi chempionat tarixidagi 49-nchi va 2002-yildan beri esa 1-nchisi boʻldi. 1/8 finalda Meksika bilan boʻlgan bahsda Gonsalo yana bitta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1/4 finalda esa argentinaliklar nemislar tarafidan 0:4 hisobidagi ogʻir magʻlubiyatdan soʻng, musobaqani tark etdilar.

2012-yil 31-martida Gonsalo „Real“ning 2011/12 Ispaniya chempionatidagi 100-nchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi.

Yutuqlari

Jamoada yutuqlari „Real Madrid“ Ispaniya chempioni (3): 2006/2007, 2007/2008, 2011/2012 Ispaniya superkubogi sohibi (2): 2008, 2012 Ispaniya kubogi sohibi (1): 2010/2011

Shaxsiy yutuqlari 2006-yildagi Argentina chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi.

Statistikasi Jamoada statistikasi

2012-yil 13 may holatiga.

JamoaMavsumLigaKubokYevrokuboklarBoshqaJamiOʻGAOʻGAOʻGAOʻGAOʻGARiver Pleyt2004/05600000000-6002005/061255510420-21852006/07171011000200100201011Jami 351516510620100471816Real Madrid2006/071923200200-23232007/082583410500-34932008/0934229210700110442492009/1032275100721-402962010/1117106210620-251362011/12352275121231200542610Jami16291331642397231022010337Faoliyatida jami197106492152459241026712153

Milliy terma jamoada statistikasi Mamlakat Jamoa Mavsum Oʻyin Gollar AssistentArgentinaReal Madrid 2009 3 1 0 2010 10 6 2 2011 9 5 1 2012 3 1 3 Jami 25 13 6

Manbalar

Havolalar

Statistics at Guardian Stats Centre

Futbol360 profile Sportepoch profile Profile at FutbolPunto with maps and graphs

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:CA River Plate futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Inter Miami CF futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2011 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari