Zemfira Ali qizi Meftahatdinova (, , 1963-yil 28-mayda tugʻilgan) – ozarbayjonlik nafaqadagi sportchi, skeyt boʻyicha ikkita Olimpiya medalini qoʻlga kiritganZemfira Meftəkhətddinova. sports-reference.com.

Tarjimai hol Zemfira Meftahatdinova 1963-yil 28-mayda tugʻilgan. Maktabda oʻqiyotganda, u badiiy gimnastika bilan shugʻullangan. Bokudagi boshqa tumanga koʻchib oʻtgandan soʻng, uyiga yaqin joyda oʻq otish maydoni joylashgan boʻlib, u yerga tashrif buyura boshladi. U tezda otishmaga qiziqish uygʻotdi va uni sport turi sifatida davom ettirishga qaror qildi.

1984-yilda Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasini tamomlagan. U Bokudagi „Dinamo“ klubi tarkibida shugʻillangan va uning shaxsiy murabbiyi Hafiz Jafarov edi. U politsiya polkovnigi unvoniga ega va 2015-yildan beri Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi sport jamiyati raisi lavozimida ishlab kelmoqdaRamil Usubov naznachil olimpiyskuyu chempionku bolshim nachalnikom. Haqqin.az. 12 March 2015.. U, shuningdek, Ozarbayjon Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti va 2021-yil 15-dekabrdan boshlab Ozarbayjon oʻq otish federatsiyasi vitse-prezidenti.

Sportdagi faoliyati

1993-yilda Yevropa chempioni, 1995-yilda esa jahon chempioni boʻlgan. 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u trapdan otish boʻyicha Ozarbayjon terma jamoasi uchun 73+25 ball bilan birinchi oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida u 71+22 ball bilan trapdan otish boʻyicha uchinchi oʻrinni egallagan. U, shuningdek, 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etganOlympics Previews – Day −5. Soʻnggi Olimpiadasida 63 ta nishonga zarba berib, 15-oʻrinni egallagan.

Akkoladalar 1991-yil yanvar oyida Zemfira Meftahetdinova Ozarbayjon SSRning Faxriy yorligʻi bilan taqdirlanganİdmançılardan bir qrupunun Azərbaycan SSR-in Fəxri fərmanı ilə təltif edilməsi haqqında. 1995-yil mart oyida xalqaro musobaqalardagi yutuqlari va Ozarbayjon sportiga qoʻshgan hissasi uchun u „Taraqqiyot“ medali bilan taqdirlangan. 2000-yilgi Sidney Olimpiadasidagi faoliyati va Ozarbayjon sportini rivojlantirishdagi saʼy-harakatlari uchun u "Shohrat" ordeni bilan taqdirlangan. 2004-yil sentyabr oyida u yana Ozarbayjon sportidagi roli va Olimpiya terma jamoasining muvaffaqiyati uchun eʼtirof etilib, „Taraqqiyot“ medali bilan taqdirlangan. 2016-yil may oyida u „Sportdagi jasorati uchun“ medali bilan taqdirlangan. 2017-yilda Zemfira Meftahetdinova Ozarbayjonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Ozarbayjonning jismoniy tarbiya va sport sohasida xizmat koʻrsatgan arbobi faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. 2023-yil may oyida u Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan „Ayollar sporti“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ozarbayjonlik ayol oʻq otish sportchilari Turkum:2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻq otish sportchilari Turkum:2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻq otish sportchilari Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻq otish sportchilari Turkum:Tatar millatiga mansub ozarbayjonliklar Turkum:Ozarbayjonning Olimpiada oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:Ozarbayjonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari Turkum:Oʻq otish sportchilari Turkum:Bokulik sportchilar Turkum:Olympic medalists in shooting Turkum:2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Ozarbayjonlik oʻqituvchilar Turkum:Tatar millatiga mansub ayol sportchilar Turkum:2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari