Imom Ali masjidi (), shuningdek, Basra Eski masjidi () va Jome Xatva Ali () nomlari bilan ham tanilgan, Iroqning Basra muhofazasi Basra tarixiy hududida (hozirgi shahar markazidan 12 km gʻarbda) qurilgan ilk masjid. Milodiy -yilda qurilishi yakunlangan ushbu masjid Islom tarixidagi eng qadimiy masjidlardan biri boʻlib, rivoyatlarga koʻra, islom tarixida qurilgan uchinchi islomiy masjid, shuningdek, Makka va Madinadan tashqaridagi birinchi masjid hisoblanadi. Ushbu VII asr inshootining qoldiqlari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan, 2000-yilda yangi bino qurib bitkazilgan.

Asosan, shialarga mansub boʻlgan ushbu jome masjiddan baʼzan sunniy musulmonlar ham foydalanadi.

Tarixi

Tashkil etilishi va ahamiyati Masjid milodiy -yilda ikkinchi xalifa Umar davrida Basra shahrining fathidan sal oldin shahar chekkasida bunyod etilgan. Dastlab bino xurmo qamishlaridan qurilgan, biroq keyinchalik asl bino katta yongʻin oqibatida yonib ketgan. Shundan soʻng masjid 3-umaviy xalifa Umar II davrida loydan qayta qurilgan.

Biroq qayta qurilgan bino abbosiylar davrida Basra shahrini suv bosgan katta toshqin tufayli yana vayron boʻlgan. Basraliklarning asosiy qismi eski Basradan shaharning yangi qismiga koʻchib ketganidan soʻng, masjid madaniy meros obyektiga hamda Ali va Oysha ziyorat qilinadigan joyga aylangan. Masjidning diniy ahamiyati sababli bu maskan arab ziyoratchilarining koʻplab qirgʻinlari sodir boʻlgan manzilga aylangan, ayniqsa, Zanjilar qoʻzgʻoloni paytida masjidga turli hujumlar uyushtirilgan

Masjidda fiqh ilmi, hadis ilmi va falsafani oʻrganishga bagʻishlangan ilk madrasa tashkil etilgani qayd etiladi. Ilk islom tarixi davrining ayrim muhim shaxslari, jumladan, Abdulloh ibn Abbos va Vosil ibn Ato shu yerda taʼlim olgan. Madrasa huquqiy masalalarni ishlab chiqishda aqlni qoʻllashni taklif etgan dastlabki taʼlim dargohlaridan boʻlgan.

Hozirgi davr

2000-yilda masjid qayta taʼmirlanib, hozirgi koʻrinishda qayta qurildi. Yangi qurilish avvalgi meʼmoriy uslub bilan bogʻliqlikka ega emas edi.

2010-yillarning boshlarida masjidni 200 dunum maydonga kengaytirish va uni asl koʻrinishiga oʻxshatib, 6 ta minora, 16 ta eshik hamda namoz uchun katta hovli qoʻshgan holda qayta qurish rejalari boʻlgan. Biroq 2013-yilda Iroq oʻsha paytda boshidan kechirayotgan ogʻir sharoitlar sababli bu rejalar toʻxtab qolgan.

Soʻnggi yillarda masjid Ramazon kunlarida bayramona tadbirlar va yigʻinlarga guvoh boʻldi. Bular qatoriga Qurʼon qiroati musobaqalari va islomiy maʼruzalarni tashkil etish kabi faoliyatlar kiradi. Misrning Qohira shahridagi Al-Azhar universitetidan ham qori va qiroat qiluvchilar masjidga hamda uning yigʻinlariga tashrif buyurib, Qurʼon tilovati orqali Ramazon tunlarini yod etishda, shuningdek, diniy marosim va urf-odatlarni nishonlashda ishtirok etadi. Masjid posboni Ali al-Bagʻdodiyning soʻzlariga koʻra, yigʻinlarda Iroqning turli shaharlaridan va Arabiston yarim orolidan odamlar, shuningdek, Eron, Pokiston va Hindistondan kelgan mehmonlar va sayyohlar ham qatnashadi. Fiqh ilmi uchun ilk madrasa sifatida yoshi ulugʻligi, shuningdek, Tuya jangidan keyin masjidga Ali va Oyshaning tashrif buyurgani haqidagi eʼtiqod uning ziyoratgoh sifatidagi rolini saqlab qolishga yordam bergan.

Meʼmorchiligi Hududda VII asrga oid masjidning qoldiqlari saqlanib qolgan boʻlib, ular orasida koʻpincha minora deb notoʻgʻri talqin qilinadigan burchak minorasi ham bor. Ushbu minora 1980-yillarda restavratsiya qilingan. Bezakli gʻisht terish usuli asosida bunyod etilgan ushbu minora Bagʻdoddagi milodiy -yilda qurilgan Mustansiriya madrasasi bilan bir davrda qurilgan deb hisoblaniladi.

Bugungi kunda hududda kichik zamonaviy masjid va ziyoratgoh mavjud.

Yana qarang

Iroqda islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati Eng qadimgi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:7-asr masjidlari Turkum:21-asr Iroqdagi masjidlar Turkum:Basra tarixi Turkum:Iroqdagi gumbazli masjidlar Turkum:Iroqdagi minorali masjidlar Turkum:Iroqdagi masjid xarobalari Turkum:Basradagi masjidlar Turkum:Iroqdagi shia masjidlari Turkum:Iroqdagi ziyoratgohlar Turkum:Iroqdagi sunniy masjidlar