Shoh Jalol Daxiniy (, ) – Dakka shahrining, sharqiy Bengal (hozirgi Bangladesh) hududida yashagan 15-asr soʻfiy musulmon arbobi. Daxiniy Sharqiy Hindistonda Islomni yoygan koʻplab soʻfiylardan biri edi. Avliyo Dekkanda istiqomat qilgani uchun „Daxiniy“ faxriy taxallusini olgan.

Hayoti Daxiniyning asl kelib chiqishi (nomi shuni anglatadigandek) Janubiy Hindistondagi Dekkan platosidanmi yoki Gʻarbiy Hindistondagi Gujarotdanmi – bu masala bahsli. Abdulhaq ad-Dehlaviyning Axbar-ul-Axyar asariga koʻra, Daxiniy Shimoliy Hindistonda shayx Piyara qoʻlida tahsil olgan. Piyara Chishtiya tariqatining bengali musulmon olimi edi.

Bir kuni u bir necha hamrohlari bilan Gujarotdan sharqiy Bengalga, Bengal sultoni Shamsuddin Yusuf Shoh hukmronligi davrida yoʻl oladi. U mahalliy aholiga islomiy taʼlimotlarni targʻib qilish maqsadida hozirgi Motijhil, Dakkada xonqoh barpo etadi. U Dakka shahrida juda koʻp izdoshlar orttiradi, hatto bu goʻyo podshoh qudratiga tengdek koʻringan. Aytishlaricha, u oʻta dabdabali kayfiyatda yurishni ham boshlagan. Rivoyatlarga koʻra, sulton buni tahdid deb bilib gʻazablanadi va 1475-yilda Daxiniy hamda uning safdoshlarini qatl ettiradi. Daxiniy Bangabhaban darvozasi shimoli-sharqida joylashgan, bitta gumbazli mozorning sharqiy qabrtoshida dafn etilgani taxmin qilinadi.

Merosi

Anʼanaga koʻra, uning qabri Bangabhaban majmuasi ichida joylashgan. Manbalar

Turkum:Dakkaliklar Turkum:15-asr hind musulmonlari Turkum:15-asr hind xalqi Turkum:bengal soʻfiy avliyolari Turkum:1476-yilda vafot etganlar