Ozarbayjon milliy basketbol terma jamoasi () Ozarbayjonning basketbol boʻyicha milliy terma jamoasi hisoblanadi. Jamoa faoliyati Ozarbayjon basketbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

1994-yilda FIBAga aʼzo boʻlganidan beri, Ozarbayjon asosan Kichik davlatlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati kabi kichikroq musobaqalarda ishtirok etib, 2006 va 2008 yillarda ikki bor gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, milliy terma jamoa 2005-yilgi Islom birdamlik o'yinlarida ham oltin medal sohibi boʻlgan.

Tarixi 1991-yilda Ozarbayjon Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishgach, 1993-yilda Ozarbayjon basketbol federatsiyasi tashkil etildi va 1994-yilda FIBA aʼzosiga aylandi. Dastlabki yillarda terma jamoa xalqaro musobaqalarda qatnashmadi, faqat EuroBasket 2003 saralash bosqichidan boshlab ishtirok eta boshladi.

EuroBasket 2003 saralashidan oʻta olmagach, jamoa 2004-yilda Kichik davlatlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida debyut qildi va 4-oʻrinni egalladi. Bir yil oʻtib, 2005-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida jamoa oltin medalga ega chiqdi.

2006-yilda Ozarbayjon Kichik davlatlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati finalida Albaniyani 66–57 hisobida magʻlub etib, chempion boʻldi. 2008-yilda esa finalda Moldova ustidan 80-78 hisobida gʻalaba qozonib, unvonni himoya qildi. Shundan soʻng jamoa EuroBasket 2013 saralashigacha tanaffus qildi.

Oradan oʻn yil oʻtib, 2022-yilda jamoa yana xalqaro maydonga qaytdi va Kichik davlatlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 4-oʻrinni band etdi.

Musobaqalardagi natijalar

FIBA Jahon chempionati Jahon chempionatiSaralashYilOʻrin 1994Huquqqa ega emas ediHuquqqa ega emas edi 1998Ishtirok etmadiIshtirok etmadi 2002 2006 2010 2014Saralashdan oʻtolmadiSaralashdan oʻtolmadi 2019Ishtirok etmadiIshtirok etmadi 2023 2027Saralashdan oʻtolmadi615Jami0/8 6 1 5

Kichik davlatlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati FIBA Kichik davlatlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiYilOʻrin 20044-oʻrin422 2006541 2008541 20224-oʻrin514Jami19118

Islom birdamlik oʻyinlari Islom birdamlik oʻyinlariYilOʻrin 2005972Jami972

Yevrobasket YevrobasketSaralashYilOʻrinSSSR tarkibidaSSSR tarkibida 1993FIBA Yevropa aʼzosi emas edi 1995Huquqqa ega emas ediHuquqqa ega emas edi 1997Ishtirok etmadiIshtirok etmadi 1999 2001 2003Saralashdan oʻtolmadi606 2005Ishtirok etmadiIshtirok etmadi 2007 2009 2011 2013Saralashdan oʻtolmadi844 2015Ishtirok etmadiIshtirok etmadi 2017 2022 2025 2029AniqlanmoqdaAniqlanmoqdaJami0/13 14 4 10

Murabbiylar Rimas Kurtinaitis – (2002–2006) Elxan Aliyev – (2008–2016) Samit Nuruzoda – (2016–2018) Aleksandar Trifunović – (2022) Tahir Baxshiyev – (2024–hozirgacha)

Yana qarang Ozarbayjonda sport Ozarbayjon ayollar milliy basketbol terma jamoasi

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti FIBA profili

Turkum:Ozarbayjon milliy basketbol terma jamoasi Turkum:Ozarbayjonda sport