Madina Shavkatova (2007-yil 7-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, U20 terma jamoasi hamda ayollar chempionatining "Qizilqum " klubi himoyachi

Klubdagi faoliyati

Sevinch Madina Shavkatova futboldagi faoliyatini 2019-yil Sevinch klubida boshlagan. 2024-yil ushbu klubning asosiy jamoasiga qabul qilingan. 2024-yil Sevinch bilan birgalikda Oʻzbekiston Ayollar oliy ligasi chempioni boʻlgan.

Qizilqum Madina 2025-yilning yanvar oyida Qizilqum klubiga koʻchib oʻtdi. Ushbu jamoa bilan 2025-yilgi Oʻzbekiston Ayollar oliy ligasida toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston kubogi musobaqasining finalida oʻynadi.

Yutuqlar Oʻzbekiston Ayollar oliy ligasi chempioni: 2024

Oʻzbekiston Ayollar kubogi sohibi: 2024

Oʻzbekiston Superkubogi: 2024

Oʻzbekiston U17 chempionati gʻolibi: 2021, 2022, 2023

Oʻzbekiston U17 chempionatining eng yaxshi himoyachisi: 2022

CAFA U-15 chempionati: 2022

CAFA U-17 chempionati: 2023

Manbalar