Ozarbayjon superkubogi – kubok 4 marta – 1993, 1994 va 1995-yillarda – „Sahar“ gazetasi superkubogi nomi bilan oʻtkazilgan. 2013-yilda esa Ozarbayjon superkubogi nomi bilan qayta tiklangan. Gʻoliblik ikki marta „Neftchi Boku“, bir martadan „Qorabogʻ“ va „Xazar-Lankaran“ jamoalariga nasib etgan.

Tarixi Ilk Superkubok oʻyini 1993-yil 21-fevralda boʻlib oʻtgan. Birinchi va hozircha oxirgi marta ushbu bahsda chempion va kubok sohibi toʻqnash kelgan. Sumqayitda „Neftchi“ va „Inshaatchi Boku“ oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilgan. Mazkur oʻyin yirik hisobda yakunlangan – 4:1. Mamlakat chempioni „Neftchi“ ushbu musobaqada ham oʻz kuchini koʻrsatgan. 1993-yilda „Oltin dubl“ qayd etgan „Qorabogʻ“ esa tashkilotchilar tomonidan Superkubok bilan taqdirlangan. Garchi chempionning kubok finalchisi yoki kumush medal sohibi bilan oʻynashi mumkin boʻlsa-da, 1993/94-yilgi mavsum chempioni „Turan“ va kubok sohibi „Kepaz“ oʻrtasida Superkubok oʻyini boʻlib oʻtmadi. Chunki oʻsha vaqtda chempionatdagi ishtirokini toʻxtatgan „Neftchi“ va uning tarafida boʻlgan klublar AFFAga muqobil tashkilot tuzish bilan band edi. Bunday vaziyatda Superkubok unutilgan edi. 1994/95-yilgi mavsumda chempion boʻlgan „Kepaz“ esa Superkubokda oʻynashdan bosh tortgan ilk chempion boʻldi. Ozarbayjon kubogi sohibi „Neftchi“ga qarshi vitse-chempion „Turan“ maydonga tushdi.

2005-yilda Ramiz Mirzayev AFFA prezidenti boʻlgan davrda Superkubok oʻyinini qayta oʻtkazish kun tartibiga kelgan edi. Hatto chempion „Neftchi PFK“ va mamlakat kubogi sohibi „Boku FK“ oʻrtasidagi hal qiluvchi bahs taqvimga ham kiritilgan edi. Ushbu uchrashuv Naxchivonda oʻtkazilishi kutilgan boʻlsa-da, keyinchalik bekor qilindi.

2013-yil 24-mayda Ozarbayjon Professional Futbol Ligasi yigʻilishida tashkilot raisi Ramin Musayev shunday dedi: „Biz Superkubokni qayta tiklash haqida koʻp oʻyladik. AFFA prezidenti Rovnaq Abdullayev bilan uchrashuvda ushbu oʻyinni qayta tashkil etishga qaror qildik. AFFA prezidenti kuboklar milliy ornamentlar bilan bezatilishini ham taʼkidladi. Kubok eskizi Moskvada tayyorlangan“. Shu tariqa ushbu yigʻilishda Ozarbayjon superkubogi qayta oʻtkazilishi eʼlon qilindi.Ramin Musayev: Biz Super Kuboku yenidən keçirmək üçün çox düşündük. azerisport.com

Barcha finallar Sana / Joy Gʻolib Hisob Finalchi 21-fevral 1993

Sumqayit Neftchi Boku 4:1 Inshaatchi Boku 1994 Qorabogʻ - - 23-iyun 1995

Sumqayit Neftchi Boku 1:1 p. 8:7 Turan Tovuz FK 23-oktyabr 2013

NaxchivonSuperkubokun keçirilmə tarixi və yeri müəyyənləşdi. pfl.az Azərbaycan Superkuboku Naxçıvanda keçiriləcək. pfl.az Xazar Lankaran 2:1 Neftchi Boku

Gʻoliblar KlubGʻalabaNeftchi2Qorabogʻ1Xazar Lankaran1

Shuningdek qarang

Ozarbayjon Premyer-ligasi

Ozarbayjon Kubogi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Milliy futbol superkuboklari Turkum:1993-yilda Ozarbayjonda tashkil etilganlar