Huaisheng masjidi (), shuningdek, Mayoq masjidi, Kanton Katta masjidi nomlari bilan ham tanilgan, Xitoyning Guandun provinsiyasi Guanchjou shahri Yuexiu tumanida joylashgan asosiy masjid. Masjid oʻz tarixi davomida koʻp bor qayta qurilgan, ayrim tarixiy matnlar masjid ilk bor VII asrda qurilganini taʼkidlaydi, biroq zamonaviy tadqiqotlar uning asos solinishi Tan yoki Sun sulolalari davriga toʻgʻri kelishini koʻrsatadi.

Masjidning eng noodatiy jihati uning 36 metr balandlikdagi uchli minorasi boʻlib, Guangta yoki Kvangtash deb ataladi. Bu nom uning bezaksiz sirtiga ishora qilib „Oddiy pagoda“ degan maʼnoni bildiradi.. Baʼzan „mayoq“ maʼnosida ham talqin qilinadi, shu sababli masjidning muqobil nomlanishiga ham sabab boʻlgan. Shunga oʻxshash minimalistik minoralarni Xitoydan tashqarida ham koʻrish mumkin. Masalan Rossiyaning Kasimov shahridagi Xon masjidini keltirish mumkin.

Masjid Xitoyning yirik madaniy meros obyekti sifatida roʻyxatga olingan. Huaisheng va Syansyan masjidi musulmon sahoba Saʼd ibn Abu Vaqqos () nomi bilan bogʻlanadi.

Galereya

Yana qarang

Xitoyda islom Xitoydagi masjidlar roʻyxati

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Turkum:7-asr masjidlari Turkum:7-asr Xitoydagi masjidlar Turkum:Xitoydagi minorali masjidlar Turkum:Xitoydagi sunniy masjidlar Turkum:Yuexiu tumani