Ozarbayjon o‘rmonlarining umumiy maydoni 1 021 880 gektarni tashkil etadi. Bu mamlakat umumiy hududining 11,8 foiziga teng. Ozarbayjon oʻrmon biomlari moʻtadil iqlim mintaqasiga xos barg to‘kuvchi o‘rmonlar, moʻtadil keng bargli va aralash o‘rmonlar, moʻtadil ignabargli o‘rmonlar hamda daryo boʻylarida joylashgan riparian (sohilboʻyi) oʻrmonlardan iborat. Mutaxassislar hisob-kitoblariga koʻra, VIII–IX asrlarda Ozarbayjon hududining taxminan 30–35% qismi oʻrmonlar bilan qoplangan. Oʻsha davrda oʻrmonlarning asosiy qismi togʻli hududlarda joylashgan.
Mamlakat oʻrmonlarining 49 foizi Katta Kavkaz togʻlarida, 34 foizi Kichik Kavkaz togʻlarida, 15%i Tolish tog‘lari – Lankaran pasttekisligi hududida, 2%i Kur-Araz pasttekisligida, 0,5%i esa Naxichevan Avtonom Respublikasida joylashgan.
Oʻrmonlar Ozarbayjonda ikkita yirik ekoregionga boʻlingan: Katta Kavkaz togʻlari va Kichik Kavkaz togʻlarining Kavkaz aralash oʻrmonlari va Tolish togʻlari-Lankaran pasttekisligi mintaqasining Kaspiy Girkaniya aralash oʻrmonlari.
Flora
Ozarbayjon koʻplab endemik daraxt va buta turlarini saqlab qolgan boʻlib, ular Tertiar davr yaʼni uchlamchi sistema reliktlari hisoblanadi. Ushbu oʻsimliklar Pliotsen va Pleystotsen muzlash davrlaridan ham saqlanib qolgan.
Floristik xilma-xillik Keng hududlar qisqa umr koʻradigan va shoʻr tuproqli oʻsimliklar bilan qoplangan boʻlib, ularning asosiy joylashuvi Apsheron yarim oroli, Gobustan, Kura-Araxin pasttekisliklari, shuningdek Naxchivan etaklari va tekisliklarida kuzatiladi.
Shoʻr tuproqlarda turli xil butalar va ko‘p yillik o‘simliklar oʻsadi, jumladan: Shoʻrak, Kolidium, Salikorniya. Pasttekislik hududlarda esa Yulgʻun va yovvoyi joʻxori butalari keng tarqalgan.
Ozarbayjonning quruq tekislik va yarim choʻl yerlari boʻlgan gʻarbiy mintaqasida siyrak oʻrmonlar mavjud. Bu oʻrmonlarga archa, qarag'ay va pista kiradi. Samur – Davachi pasttekisligi, Alazani – Agritchay vodiysi va Qorabogʻ tekisliklarida yer osti suvlari koʻp boʻlganligi uchun u yerlarda pasttekislik oʻrmonlari keng tarqalgan. Oʻsha oʻrmonlarda eman, terak va shumtol kabi daraxtlarni uchratish mumkin.
Katta Kavkaz va Kichik Kavkazdagi togʻ yonbagʻirlarida keng bargli oʻrmonlar boʻlib, ularga qoraqayin, oqterak, shumtol, zarang, sharqiy eman, iber emanlari kiradi. Tolish tog‘larida keng bargli oʻrmonlar bilan qoplangan flora mavjud. yapon akatsiyasi, Zelkova va fors temir daraxti Talish togʻlaridagi oʻrmonlarda uchraydi.
Ozarbayjonning floristik xilma-xilligiOʻrmonlarTipik oʻsimliklarQimmatbaho oʻsimliklarQoraqayin oʻrmonlariQayragʻoch va qoraqayin-Zax oʻrmonlarQizil gul, archa, and Iso tikanKox qaragʻayi va togʻterakEman – qayin oʻrmonlarKavkaz oq qayini, Gruziya emani va Sharq qayiniShumtol va chinorKarbonatli tuproqlarda eman oʻrmonlarioq qayin va emanoʻrmon yongʻogʻi, xurmo va rezavor mevalarQoldiq subtropik oʻrmonlarSharq emanlari, Kavkaz emanlari va kashtan emanlariTemir daraxtToʻqayzorlarSalsola, qamish, solera va sarsazan-Girkaniya oʻrmonlari-Quti daraxt va albiziya
Togʻ oʻrmonlari Katta Kavkaz togʻlari Qax tumanidagi oʻrmonlar
Ozarbayjonning gʻarbidagi Katta Kavkazning janubiy tomonida Qax viloyatining togʻli oʻrmonlari joylashgan. Togʻlarda dengiz sathidan 350 metrdan 2000 metrgacha balandlikdagi oʻrmon hududlari mavjud. Kavkaz grab daraxti (Carpinus caucasica) Gruzin eman daraxti (Quercus iberica) togʻlarning quruq va issiq joylaridaga yetakchi daraxt hisoblanadi. Togʻlarning quruq yerlarida Sharq grab daraxti (Carpinus orientalis) va Sharq qoraqayini (Fagus orientalis) keng tarqalgan. Qaxning togʻli oʻrmonlarida faqat mamlakatning gʻarbiy hududlari uchun xos boʻlgan endemik tur boʻlgan qoraqayin (Corylus iberica) ni uchratish mumkin.
Altıağac togʻ oʻrmonlari Sharqiy Katta Kavkaz hududi butali va zich boʻlmagan oʻrmonlar bilan ajralib turadi. Altiagʻaj hududida yovvoyi archalar butalari uchraydi, ularning boʻyi 4 metrgacha yetadi. Shu hududda shuningdek boshqa yogʻochli oʻsimliklar ham mavjud boʻlib, ularga Yovvoyi viburnum, Tikanli qoʻziqorin va Zirk kiradi.
Dengiz sathidan 1300 metr balandlikda, boychek daraxti (hornbeam) oʻrmonlari tarqalgan.
Manbalar
Turkum:Ozarbayjon geografiyasi Turkum:Ozarbayjon loyihasi maqolalari