Santa Klaus mashinasi – har qanday materialdan foydalanib, istalgan obyekt yoki strukturani yaratishga qodir boʻlgan gipotetik (nazariy) qurilma. Ushbu tushuncha oʻz nomini hamma narsani sovgʻa qila oladigan ertak qahramoni Santa Klausdan olgan.

Atamaning kelib chiqishi Ushbu atama 1978-yilda Theodore Taylor tomonidan o‘ylab topilgan. U o‘z g‘oyasini quyidagicha tushuntirgan: Oy yoki asteroidlardan olingan toshlarni yig‘ib, ularni qayta ishlaydigan va natijada har qanday mahsulotni — kir yuvish mashinalaridan tortib, choy finjonlari, avtomobillar yoki yulduzlararo kemalargacha yasay oladigan mashinani tasavvur qilish mumkin. Agar shunday mashina mavjud bo‘lsa, u quyosh nuri va o‘zi turgan joydagi xomashyolarni yig‘ib, inson xohlagan har qanday narsani tayyorlab bera oladi. Buning uchun faqat o‘sha narsani qanday yasash haqidagi ko‘rsatmalar mashinaga berilishi kifoya

Manbalar

Havolalar the Replicating Rapid-Prototyper Project : RepRap.org Don Lancaster's Santa Claus machine library Seth Rosenthal, Santa Claus Machine, Wired magazine, May 1994 Turkum:Robototexnika tushunchalari Turkum:Sun’iy hayot Turkum:Santa Klaus