Konstansa Buyuk masjidi (rumincha: Marea Moschee din Constanța), dastlab Karol I masjidi (rumincha: Moscheea Carol I) nomi bilan tanilgan, Ruminiya, Konstansa shahridagi masjiddir. U Ruminiya Milliy Tarixiy Yodgorliklar Instituti tomonidan tarixiy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.

Masjidni Konstansa shahridagi islom jamiyati tomonidan Qirol masjidi (rumincha: Geamia Regelui, turkcha: Kral camisi) deb atalgan.

Tarixi Konstansa Buyuk masjidini Ruminiya qiroli Karol I 1910-yilda qurdirgan. Qurilish 1910-yil 24-iyunda boshlangan boʻlib, birinchi tosh Spiru Haret – oʻsha davrning Ruminiya Din ishlari vaziri, Sefa Bey – Buxarestdagi Usmoniy elchisi, va Konstansa shahridagi Usmoniy konsul ishtirokida qoʻyilgan. Loyihaning moliyalashtirilishi Ruminiya hukumati va tadbirkor Ion Nekulcea tomonidan amalga oshirilgan va qurilish 1912-yilda yakunlangan.

Konstansa Buyuk masjidi sobiq Mahmudiy masjidi (rumincha: Geamia Mahmudia) joyida barpo etilgan. Ushbu masjid 1822-yilda Hofiz Hüsseyin Pasha tomonidan qurilgan va Usmoniy sulolasi sultoni Mahmud II sharafiga nomlangan. Masjid rasmiy ravishda Karol I tomonidan 1913-yil 31-mayda ochilgan. Marosim davomida, Usmoniy sultoni Mehmed V bosh meʼmor Viktor Shtefăneskuga Medjidie ordenini topshirgan. Qirol Karol I esa Shtefăneskuga soat bilan mukofotlagan.

Meʼmorchiligi Masjid Neo-misr va Neo-vizantiya uslublarida, shuningdek, Neo-roman elementlari bilan qurilgan. Uning loyihasini Jorj Konstantinesku ishlab chiqqan va masjidni Onadoʻlidagi Konya masjidi asosida modellashtirgan. Loyihaning bosh meʼmori Viktor Shtefănesku boʻlgan. Qurilishda masjidning asosiy qismlari uchun gʻisht va tosh, gumbaz va minora uchun esa temirbeton ishlatilgan. Bu masjid Ruminiyada temirbetondan qurilgan birinchi bino hisoblanadi. Asosiy peshtoq Dobrogea toshidan barpo etilgan, uning ostidagi eshik esa bronza bilan bezatilgan qora marmardan qurilgan. Ichki ustunlar Câmpulungdan olingan marmardan yasalgan.

Minora Neo-mur uslubida qurilgan boʻlib, balandligi 47 metrni tashkil etadi. Gumbaz balandligi 25 metr, diametri esa 8 metr. Galareya

Manbalar

Turkum:Masjidlar